5.5-jadval
Quvurlarning zilzilaga qarshiligini oshirish bo„yicha chora-tadbirlari
Chora-tadbirlar
|
Qurilmaviy echim
|
Ayrim joylarda tuproqning xususiyatlarini yaxshilash
|
1
|
Joyning suvini qochirish
|
2
|
Nomustahkam tuproqni mustahkamiga almashtirish (1
metrgacha)
|
3
|
Tuproqning ustki qismini shibbalash (sug‗orish)
|
4
|
Tuproq ustki qatlamini silikatlash, suvdan himoyalash
qoplama bilan mustahkamlash
|
5
|
Tuproqni almashtirish
|
Trassani tanlash
|
1
|
Zilzilaga qarshi kuchli tuproq qatlami tanlanadi
|
2
|
Yumshoq tuproq qatlamlari aylanib o‗tiladi
|
3
|
Suv chiqadigan joylar aylanib o‗tiladi
|
Quvur tarmog‗ining yumshoqligi
|
1
|
O‗zini kompensatsiya qiluvchi tizimni ishlatish
|
2
|
Quvur tarmoqlarning tayanchlarida nisbatan erkin
silkinishini ta‘minlash
|
3
|
Handaqlarni yassi holda kovlash
|
Yer yuzasida joylashgan quvurlar tayanchining mustahkamligini oshirish
|
1
|
Yaxlit temirbetonli tayanchlar o‗rnatish
|
2
|
Rom shaklidagi qurilmalarni qo‗llash
|
3
|
Tayanchlarda quvurlarning tushib ketmasligi uchun
ushlagichlar qo‗yish
|
Quvurlar harakatini so‗ndirish
|
1
|
Turli xil yiriklikdagi harakatni so‗ndiruvchilarni qo‗llash
|
2
|
Zilzila tayanchlar qo‗llash
|
Quvurlarning kovshar- langan joylarini mustahkamlash
|
1
|
Kovsharlanishga moyil va plastik xususiyatlarga ega
materiallarni tanlash
|
2
|
Quvurlarni zichlovchi rezina va polimer halqalarni qo‗llash
|
3
|
Kichik diametrdagi (150 mm gacha) quvurlarga
qo‗shimcha muftalar qo‗yish
|
Quvurlarning bir-biriga qo‗shilgan joyini va uylarga kirgizishda mustahkamligini oshirish
|
1
|
Kompensatsiya qiluvchi bo‗laklarni qo‗shish (jumladan,
silfon kompensatorlar)
|
2
|
Salnik bog‗lovchilardan foydalanish
|
3
|
Uylardagi quvurlarning kiradigan joylarini quvur
diametriga nisbatan 30-40 sm kattaroq qoldirish
|
Binolarning burchaklarida iloji boricha derazalarning o‗rni bo‗lmasligi lozim. Yong‗indan ehtiyot chorasi sifatida asosiy shamol yo‗nalishini hisobga olish kerak, ya‘ni binolarni bu yo‗nalishda bir-biridan uzoq masofalarda joylashtirish kerak. Zilzilaviy faol hududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinmog‗i zarur. Ya‘ni shahar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qo‗yiladi, ular quyidagilardan iborat:
shahar hududida katta-katta ochiq maydonlarning bo‗lishi, ya‘ni silkinish sodir bo‗lgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi uchun engil qurilmalar qurish uchun xavfsiz joy zarur;
suv havzalarining bo‗lishi, ya‘ni zilzila vaqtida chiqishi mumkin bo‗lgan yong‗inlarni o‗chirish maqsadida foydalanish uchun suv zahirasiga ega bo‗lish;
inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5-2 marta uzoq bo‗lishi, chunki imorat talafot ko‗rganda bir-biriga ta‘sir qilmasligi kerak.
Inshootlar yer silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‗ra 3 guruhga bo‗linadi:
A – 7 ballgacha chidaydigan kuchsiz zilzilaviy chidamli uylar. Bunga tuproqdan, g‗ishtdan qurilgan uylar kiradi.
B – 8 ballgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil yog‗och karkaslardan tayyorlanadi (sinchli uylar).
V – 9 ballgacha chidaydigan zilzilabardosh binolar. Bu xildagi binolarga katta metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton qurilmalardan qurilgan inshootlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |