Takrorlash uchun savollar:
Yer silkinishi va uning oqibatlarini tushuntirib bering?
Zilzilani paydo qiluvchi o‗choqning ichki qismi markazi gipotsentr va erning ustki qismidagi markazi - epitsentrni tushuntirib bering?
Magnituda va zilzila jadalligini tushuntirib bering?
Zilzilaning kuchi qanday baholanadi?
Yer silkinishi kuchi bo‗yicha ular necha balli guruhdan iborat bo‗ladi va ularning yer silkinishi xususiyatlarini tushuntirib bering?
Shahar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga zilzilaning ta‘siri bo‗yicha qanday talablar qo‗yiladi?
Zilzila hodisasida ro‗y beradigan ekologik muammolarni tushuntirib bering?
Yer silkinishi oqibatlarini kamaytirishniig asosiy tadbirlarini sanab bering?
Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar nimalardan iborat?
GLOSSARIY
Drenaj- sizot suvlarini sun‘iy pasaytirish uchun mo‗ljallangan qurilmalar tizimidan iborat bo‗lib, u o‗zoq vaqt uzluksiz ishlashga mo‗ljallanadi.
Karst- tog‗ jinslarining sizot suvlari ta‘sirida erishi, shurlanish darajasining ortishi yoki mexanik yuvilishidir.
Kollektor- muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini yer ostida joylashtirishda eng afzal usul hisoblangan inshoot.
Landshaft – yer sathi.
Makroiqlim – mahalliy, region, mamlakat, materik iqlimi; dendrologik rayonlashtirishda hisobga olinadi.
Makrorelef – yirik shakl bilan xarakterlanadigan – tog‗ massivlari, tizmalari, plato, tepaliklar, kanonlar, chuqurliklar hududining relefi.
Megapolis - aglomeratsiyalarning o‗sib, bir-biri bilan qo‗shilib ketishidan hosil bo‗lgan, katta urbanizatsiyalashgan hududlarni qamrab olgan birikma.
Profillar usuli- vertikal rejalashda loyihalash usullaridan biri bo‗lib, bu usulga asosan, loyihalashning chizma materiallari profillar setkasi aks etgan hududning tarhi bilan profillarning o‗zlaridan iborat bo‗ladi.
Peregon- ikkita chorraha (metroda bekatlar) oralig‗i.
Sanitar-himoya qismi - sanoat korxonasi, omborlar, kommunal va transport inshootlarini aholi yashaydigan qismdan ajratib turuvchi ko‗kalamzor yo‗lak.
Tabiiy landshaft – asosiy landshaft komponentlari – yer yuzi, havo, suv, o‗simlik va hayvonot dunyosi o‗zaro uyg‗un va o‗zaro bog‗liq bo‗lgan birlikni tashkil etgan hududiy majmua, fazoviy muhitdir. Tabiiy landshaft rivojlanishida inson qo‗li tegmagan
Turar-joy kichik tumani - shahar aholi yashaydigan qismi tarxiy tarkibining birlamchi elementi bo‗lib, bunda aholi uy-joy va kundalik xizmat ko‗rsatish muassasalariga piyoda etish darajasi ta‘minlanadi.
Turar-joy tumani - bir nechta kichik turar-joy tumanidan iborat shahar aholi yashaydigan qismi tarkibining asosiy elementi
Shahar landshafti - shahar hududidagi tabiiy (relef, o‗simliklar, suv xavzasi) va antropogen (injenerlik inshootlari, binolar, yo‗llar) omillarning hosilasi.
155
Shaharni obodonlashtirish - shaharda sog‗lom va qulay qayot sharoiti yaratishga qaratilgan tadbirlar majmuasi.
Qizil chiziq – ko‗cha, park, maydon, magistral bilan qurilmalar o‗rasidagi ajratib turuvchi, chegaralovchi chiziq.
Qurilish chizig‘i - qurilayotgan hududning chegarasini belgilaydi. Ba‘zan yuqorida keltirilgan chiziqlar mos tushishi mumkin, ammo odatda qurilish chizig‗i kichik tuman va kvartallar ichiga (qizil chiziqdan kamida) 3 - 6 m ichkariga joylashtiriladi.
Loyihaviy (qizil) gorizontallar usuli- loyihalanayotgan rel‘efni yangi, qizil gorizontallar deb ataluvchi chiziqlarda aks ettirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |