Toshkent arxitektura qurilish instituti


VI BOB. YER OSTI INSHOOTLARINI  QURISH UCHUN “GRUNT



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/123
Sana24.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#100435
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

VI BOB. YER OSTI INSHOOTLARINI  QURISH UCHUN “GRUNT 
ICHIDA DEVOR”  TEXNOLOGIYASI 
 
Yer osti inshootlari gidrogeolik sharoitlar va o‘rnatilish chuqurligiga 
bog‘liq  holda  turli  usullarda  amalga  oshiriladi,  ulardan  asosiylari  –  ochiq, 
“grunt ichidagi devor” va tushirilgan quduq  usullaridir. 
 “Grunt ichidagi devor” texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, 
gruntda  planda  turli  xil  shaklga  ega  bo‘lgan    qazilmalar  va  transheyalar 
barpo etilib, ular ustiga monolit yoki yig‘ma temir betondan iborat yer osti 
inshootining  to‘suvchi  konstruksiyalari  barpo  etiladi,  so‘ngra  bu 
konstruksiyalar himoyasida ichki gruntli yadro ishlab chiqiladi, tubi quriladi 
va ichki konstruksiyalari barpo etiladi.  
Mamlakatimiz  amaliyotida  “grunt  ichidagi  devor”  usulining  bir 
qancha  turlari qo‘llaniladi: 

 
qoziqli,  bunda  to‘suvchi  konstruksiyalar  burg‘ulab  to‘ldirilgan 
vertikal qator qoziqlardan tashkil topadi; 

 
transheyali,  monolit  betondan  yoki  yig‘ma  temirbeton 
elementlardan zich devor tarzida ishlanadi. 
Bunday  texnologiya  shahar  qurilishi  sharoitlaridagi  mavjud  binolar 
yaqinida,  korxonalarni  qayta  qurishda,  gidrotexnik  qurilishdagi  yerosti 
inshootlarini barpo etishda istiqbolga ega. 
 “Grunt  ichidagi  devor”  texnologiyasidan  foydalanib,  quyidagilarni 
barpo etish mumkin: 
• filtrlashga qarshi to‘siqlar; 
• yuzaga yaqin joylashgan tunnellar metro uchun; 
•  yerosti  garajlari,  avtomobil  yo‘llaridan  o‘tish  yo‘llari  va 
kesishmalar; 
• suyuqlik saqlovchi idishlar va  tindirgichlar; 
• turar – joy va sanoat binolari poydevorlari. 


57 
 
Gruntning  xossalari  va  uning  namligiga    bog‘liq  holda  devorlarni 
barpo  qilishning  ikki  turi  –  quruq  va  xo‘l  turlari  qo‘llaniladi.  Gruntli 
qorishma talab etilmaydigan quruq usul, namligi kamroq barqaror gruntlarda 
devorlarni  barpo etishda qo‘llaniladi. 
Qoziqli  devorlar  ham  quruq,  ham  xo‘l  usullarda  barpo  etilishi 
mumkin,  bunda  ketma-ket  quduqlar  burg‘ulanadi  va  ularda  qoziqlar 
betonlanadi. 
Odatda  gruntga  ishlov  berish  jarayonida  va  beton  qorishmasini 
joylashda  transheyalarning  devorlarni  yemirilishidan  (nurashdan) 
mustahkamlashni  talab  qiluvchi,  suvga  to‘yingan  nobarqaror  gruntlarda 
devorlar  xo‘l  usulda  barpo  etiladi.  Bu  usulda    yer  qazish  mashinalarining  
ishlash  jarayonida    odatda  qazilmalar  va  transheyalar  devorlarining 
mustahkamligiga ularni tiksotrop xossali gruntli qorishmalar (suspenziyalar) 
bilan  to‘ldirish  orqali  erishiladi.  Tiksotroplik  –  dispers  tizimning  mexanik 
ta’siri  natijasida    buzilgan  dastlabki  strukturasini  tiklovchi  muhim 
texnologik xossasidir. Loyli qorishma uchun bu tinch holatda  quyuqlashish 
va  transheyalar  devorlarini  o‘pirilib  tushishdan  saqlash,  ammo  tebranuvchi 
ta’sirlardan suyuqlashish qobiliyatidir.  
Loyli qorishma ostida zarur chuqurlik va kenglikkacha ochiq bo‘lgan 
qazilmalarda  bu  qorishmani  asta-sekin  ko‘taruvchi  yoki  to‘suvchi 
konstruksiyalar sifatida monolit beton,  yig‘ma elementlar, gruntning sement 
yoki  boshqa  materiallar  bilan  turli  xil  aralashmalaridan  foydalanib,  asta-
sekin o‘rnini almashtiriladi. 
Bentonitli loylar eng yaxshi tiksotrop xossalarga ega. Loyli qorishma 
ta’sirining  mohiyati  shundakimkim,  transheya  devorlarining  buzilishiga 
(upirilishiga)  to‘sqinlik  qiluvchi  gidrostatik  bosim  hosil  qilinadi,  bundan 
tashqari,  devorlarda  loydan  2  ...  5  mm  qalinlikdagi  amalda  suv 
o‘tkazmaydigan  plyonka  hosil  bo‘ladi.  Qazilmalar  devorlarini  loylash 
jarayoni  shpunt  qoqish,  suvni  pasaytirish  va  gruntni  muzlatish  kabi 


58 
 
yordamchi va og‘ir mehnatni talab qiluvchi ishlardan voz kechishga imkon 
beradi. 
Transheyalarni  qazishda  siklik  va  uzluksiz  ishlovchi  uskunadan 
foydalaniladi;  odatda  transheyalarning  eni  500...1000  mm  ni  tashkil  etadi, 
ammo 1500...2000 mm ga ham yetishi ham mumkin. 
Transheyalarni  loyli  qorishma  himoyasida  ishlab  chiqish  uchun  
umumiy vazifani bajaruvchi yer qazish mashinalari – greyferlar, draglayn va 
teskari  chumichli,  aylanuvchi  burg‘ulash  qurilmalari  va  zarb  bilan 
burg‘ulovchi  qurilmalar  va  maxsus  chumichli,  frezerli  va  yo‘nuvchi 
qurilmalardan foydalaniladi. 
Burg‘ulash  qurilmasi  “grunt  ichidagi  devor”ni  100  m.gacha 
chuqurlikdagi har  qanday grunt sharoitida qurishga imkon beradi. 
 “Grunt  ichidagi  devor”  usulini  quyidagi  holatlarda  qo‘llash 
maqsadga muvofiq emas: 
•  
g‘ovak va kavakli, yumshoq sochiluvchan ag‘darma gruntlarda; 
• 
oldin g‘isht terimi bo‘lgan, singan beton va temirbeton elementlari 
bo‘laklari, metall konstruksiyalari bor va  boshqa uchastkalarda;  
• 
bosimli yerosti suvlari yoki gruntlarning katta mahalliy filtratsiyali 
xududlarida. 
Ish texnologiyasining eng oddiysi filtrlashga qarshi to‘siqlarni qurish 
bo‘lib,  ular  odatda  monolit  betondan,  og‘ir,    qattiq  loydan  tayyorlanadi. 
To‘siqlarning  vazifasi  to‘g‘onlarning  (plotinalarni)  jismiga  suv  singib 
o‘tishini bartaraf etishdir. 
Filtrlashga qarshi to‘siq kotlovanlarni qazishda, ularni yerosti suvlari 
bosishidan  himoyalash  uchun  qo‘llanilishi  mumkin.  Bunda  gruntni 
muzlatish  yoki  yerosti  suvlari  satxini  ninafiltrlash  yo‘li  bilan  pasaytirish 
ehtiyoji  yo‘qoladi.  To‘siq  doimiy  ravishda  amal  qiladi,    bunda  qolgan 
usullardan  faqat  ishlar  bajarilayotgan  davrdagina  foydalaniladi,  holbuki 
yerosti suvlari juda agressiv (tajovuzkor) bo‘lishi ham mumkin. 


59 
 
Mavjud  binolarning  paydevorlari  yaqin  joylashgan  hollarda 
transheyalarni  qazish  ishlari,  undan  keyingi  ishlarni  amalga  oshirish  kabi 
alohida  qamrovlar  bilan  bajariladi,  ya’ni  birinchi,  uchinchi,  ikkinchi, 
beshinchi, turtinchi va h.k. 
Betonlashning  qamrab  olish  uzunligini  (qamrovlar)    3  m  dan  6  m 
gacha qilib belgilanadi va quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi: 
• transheyaning mustahkamligini ta’minlash shartlari; 
• qabul qilingan betonlash jadalligi; 
• transheyalarni qazuvchi  mashinalarning turi; 
• “grunt ichidagi devorning” konstruksiyasi va vazifasi. 
Monolit  konstruksiyalarning  “grunt  ichidagi  devor”  usuli  bilan 
qurishdagi ishlar ketma – ketligi quyidagicha (6.1-rasm): 
1) qamrab olishda chetki quduqlarni burg‘ulash; 
2)  transheyani  ayrim  qismlarga  ajratib  ishlov  berish  yoki  butun 
uzunligi  bo‘yicha  ketma  –  ket  ochiq  sirtni  bentonitli  qorishma  bilan 
transheyani  alohida  qamrovlarga  chegaralagichlar  bilan  ajratib,  doimiy 
to‘ldirish; 
3)  to‘la  ochiq  qamrovda  armatura  karkaslarini  montaj  qilish  va 
transheya tubiga betonquyuvchi  quvurlarni tushirish; 
4) beton qorishmasini vertikal siljuvchi quvur usuli bilan joylashtirib 
loyli  qorishmani  zaxira  idishga  yoki  transheyaning  ishlov  beriladigan 
qo‘shni qismiga siqib chiqarish bilan. 
“Grunt ichidagi devor”  armaturasi davriy  profilli po‘latdan qilingan 
fazoviy  karkasdan  iborat  bo‘lib,  u  transheya  kengligidan  10...  12  sm 
kichikroq  bo‘lishi  kerak.  Yopishib  qoladigan  loy  plyonkasi  qalinligini 
kamaytirish va armaturaning beton bilan ishlashini oshirish uchun armaturali 
karkaslarni transheyaga tushirishdan avval suv bilan xo‘llab olish maqsadga 
muvofiq. 


60 
 
 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish