IKKINCHI BO‘LIM
YER OSTI INSHOOTLARINI BARPO ETISH
TEXNOLOGIYALARI
Bunyod etilayotgan binolar va inshootlarning juda xilma-xilligi,
qurilish amaliyotida uchraydigan grunt sharoitlari, yer osti suvlarining
mavjudligi, poydevorlarga va gruntli asoslarga ta’sir ko‘rsatuvchi
yo‘naltirilgan va taqsimlangan yuklamalar xilma-xil yer osti inshootlari
bulishini belgilab beradi.
Mazkur ishning hajmi stakan turidagi poydevorlar va yirik blokli
yaxlit lentali poydevorli binolar uchun ishlarni amalga oshirishning faqat
o‘ziga xos xususiyatlarini qarab chiqishga imkon beradi. Qurilish
amaliyotiga ishlarni bajarishning “grunt ichida devor” usuli keng joriy
qilish munosabati bilan yer osti inshootlarini barpo etishning bu usulining
o‘ziga xos xususiyati qisqa tarzda ko‘rib chiqilgan.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |