51
1.9. Sanoat binolarini loyixalash asoslari va loyixalashning ummumiy qoidalari.
O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab ishlab chiqarish korxonalarni qurishda
unifikatsiyalashtirilgan
(birxillashtirilgan)
xajmiy
rejaviy
elementlardan,
standartlashgan
industirial
konstruksiyalaridan,
texnologik
jixozlarni
erkin
joylashtirish imkoniyatini beradigan katta oraliqli binolar qurishga o‘tilgan. Ko‘pgina
binolar va inshootlar tiplashtirilgan, yig‘ma ko‘proq yengil temir beton va metal
elementlaridan tiklana boshlangan. Ishlab chiqarish binolarining sxemalari tarmoq va
tarmoqlararo birxillashtirishga qaratilgan. Sanoat korxonalarini bir joyga to‘plash
yani xududiy ishlab chiqarish majmualarini xududiy sanoat bo‘g‘inlariga
joylashtirish, (energiya, issiqlik,
suv taminoti, kanalizatsiya, binoni muxandislik
tarmoqlari va jixozlaridan qulay foydalanish evaziga) samarali bo‘lishligi isbotlandi.
Keyinroq esa bino va inshootlarni texnik qayta jihozlash sanoat qurilishining muhim
yo’nalishiga aylandi. Hozirgi zamon korxonalarining asosiy turi uning bir nechta
sexlarni birlashtirib bitta tom tagiga joylashtirilgan, rejada yirik o‘lchamli
birxillashtirilgan (unifikatsiyalashtirilgan) ustunlar to‘ri va yuqori darajada yig‘ma
konstuksiyalarni qo‘llanishi bilan farq qiladi. Bir nechta qo‘shni
korxonalar guruhi
qo‘shilib umumiy yordamni ishlab chiqarish, injenerlik inshootlari va yagona xizmat
ko‘rsatish tuzilmasi sanoat tugunini tashkil etadi. Avvalgi davrda inshoot
konstruksiya ortiqcha mustaxkamlik zaxirasiga ega bo‘lgan. Zamonaviy davr
konstruksiyalari ularning rivojlanish yo‘nalishi materiallarining xossasi va material
juda qulay ishlaydigan konstruksiyalar formasidan har tomonlama foydalanishga
asoslangan.
Binolarning arxitekturasi, ularning tashqi ko‘rinishi yoki inter’eri
muxandislar mehnat maxsuli bo‘lgan konstruksiyalariga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
Shuningdek binolarning funksional ya’ni inson mehnat qilishi va dam olishi uchun
yaratilgan suniy muhit sifati ham uning konstruktiv yechimlariga bog‘liq. Sanoat
korxonalarini qurish va rekonstruksiya qilish samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan
qurilish texnikasini takomillashtirishni, ishlab shiqarish
binolarining progressiv
turlarini yaratish, qurilish materiallarini (ayniqsa mahalliy ashyolar asosida
olinadiganlarini) ko‘proq ishlab chiqarishni, narxini kamaytirishni, qurilish muddatini
qisqartirishni, mehnat unumdorligini oshirishni, qurilish sifatini yaxshilashni yanada
52
industiriallashtirishni talab etadi. Qurilishni industiriallashtirishning asosiy prinsipi,
bino va inshoatlarning konstruksiya va detallarniz
zavodda tayyorlab qurilish
maydonini maksimal montaj maydoniga aylantirishdan iborat. Bino va qurilish
konstruksiyalarini detallarni birxillashtirmay, namunaviylashtirmasdan sanoat
qurilishini industiriallashtirishning iloji yuq. Bu muammolarni hal qilish uchun,
oxirgi yillarda bino va inshootlarning xajmiy-rejaviy
va konstruktiv yechimlarini
birlashtirish, sanoat qurilishida bino va inshootlarning namunaviylashtirilgan yig‘ma
konstruksiyalari va detallari joriy qilinmoqda. Bino va inshoatlarning xizmat
muddatini oshirish, ularni eksplikatsiya qilish va ta’mirlash uchun ketadigan sarf
xarajatlarni kamaytirishga olib kelishi tufayli katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarini progressiv ko‘p marta takrorlanadigan
loyihalar asosida qurish muhim ahamiyatga ega. Ishlab
chiqarish korxonalari bir-
biriga ulab qurish (bir tom ostida birlashtirish) ham xarajatlarni ancha qisqartirishga
olib keladi. Ustunlarni yirik kataklaridan foydalanish, ishlab chiqarish korxonalarini
bir qavatli yaxlit imoratga joylashtirish, texnologik jixozlarni ochiq maydonchalarga
chiqarish inshootlarni texnologik o‘zgartirish imkoniyatlarini kengaytiradi, mehnat
sharoitlarini yaxshilaydi va qurilish narxini kamaytiradi. Qurishda zamonaviy qurilish
materiallarini, yig‘ma elementlarini qo‘llashga, yengil,
iqtisodiy, yirik o‘lchamli,
zavodda tayorlangan sifatli konstruksiyadan foydalanishga etibor berilsa qurilishning
narxi pasayadi, metall sarfi kamayadi, inshootning chidamligi oshadi, arxitekturaviy
ko‘rinishi yaxshilanadi.