Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Sanoat binosidagi mashinalar turar joyining ekstereri



Download 11,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/61
Sana31.03.2022
Hajmi11,01 Mb.
#521377
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
toshkent

1.14-rasm. Sanoat binosidagi mashinalar turar joyining ekstereri.
Sanoat binolari intererini shakllantirishda zamonaviy qurilish materiallarini 
qo‘llash ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Binolar ichida barcha qulayliklar, 
shart-sharoitlarni yaratish, intererni zamonaviy usulda pardozlash hozirgi kunning 
asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Bino intereri va ekstereri ham texnologik 
jarayondan, tabiiy-iqlim sharoitlaridan, meterologik tartiblardan va sanitar-gigienik 
talablardan kelib chiqqan holda pardozlanadi. 


36 
1.15-rasm. Sanoat binosining intereri
Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish binolarining intererlari va ekstererlarini 
to‘g‘ri loyihalash natijasida ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitlari yaxshilanadi, 
ular o‘zlarini yaxshi his qiladilar, kayfiyatlari yuqori bo‘ladi, tez charchamaydilar, 
mahsulot sifati va ishlab chiqarish unumdorligi ko‘tariladi hamda ishchilar orasida 
shikastlanish darajasi kamayadi. 


37 
1.7. Zilzilaviy va boshqa noqulay injener-geologik sharoitli hududlarda 
sanoat binolarini qurish. Deformatsiya choklari 
Noqulay injener-geologik sharoitli joylar deyilganda noqulay grunt sharoitli 
yerlar (o‘ta namli grunt, botqoq, kuchsiz, yuk ko‘tarish qobiliyati past gruntlar, yirik 
g‘ovaklari bor gruntlar, yuqori darajada cho‘kuvchi gruntlar, torfsimon gruntlar, 
to‘kma gruntlardan iborat maydonlar, doimiy muzlab yotadigan gruntlardan iborat 
yerlar), yer osti suvlari sathi chuqur bo‘lmagan yerlar, tez-tez yer qimirlashlar bo‘lib 
turadigan yuqori seysmik hududlarga kirgan yerlar, obi-havo sharoitlari noqulay 
bo‘lgan yerlar (o‘ta sovuq yoki o‘ta issiq, shamolning tezligi yuqori), yer yorilishlari 
tez-tez bo‘lib turadigan yerlar tushuniladi. 
Respublikamizda noqulay injener-geologik sharoitli yerlarda bino va 
inshootlarni qurish juda dolzarb muammodir. Chunki O‘zbekiston Respublikasi 
hududining aksariyat qismini noqulay grunt sharoitli va tez-tez zilzilalar bo‘lib 
turadigan yerlar egallagan. 
Bunday noqulay injener-geologik sharoitli yerlarda qurilish ishlarini olib 
borganda alohida, maxsus chora-tadbirlar ko‘rmaslik bunyod etilgan bino va 
inshootlarni deformatsiya berishiga, ayrim hollarda esa umuman ekspluatatsiya 
qilishga yaroqsiz bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Bino va inshootlarning yer osti qismlari va poydevorlarini qurishga ketgan 
xarajatlar noqulay injener-geologik sharoitli hududlarda boshqa hududlarga nisbatan 
15-20% gacha yuqori bo‘ladi. 
Noqulay yerlardagi gruntlarga hech qanday ishlov berishning imkoni bo‘lmasa, 
unda gruntlar olib tashlanadi va uning o‘rniga yangi mustahkamligi yuqori grunt olib 
kelib to‘kiladi va qatlam-qatlam qilib zichlanadi, ya’ni bino va inshootlarning yuk 
ko‘taruvchi zaminlari “ gruntli yostiq “ usulidan foydalanib barpo etiladi. Toshkent 
shahrida Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan joyda 2018-2019 yillarda 
qurilib ishga tushirilgan ko‘p funksiyali muz majmuasi “ Xumo Arena “ fikrimizning 
yaqqol dalilidir.Inshoot qurilishi lozim bo‘lgan joydagi bo‘sh,yumshoq, to‘kma grunt 
5,1 metr chuqurlikkacha kovlab olib tashlanib, uni o‘rniga yuk ko‘tarish qobiliyati 


38 
yuqori bo‘lgan ,mustahkam grunt to‘kilib zichlangan. Loyihachi va quruvchilar 
inshoot qurilishi kerak bo‘lgan yerdagi yuk ko‘tarish qobiliyati juda past bo‘lgan bu 
gruntga har xil ishlovlar berishdan natija uncha yaxshi bo‘lmasligini bilishganlaridan 
keyingina uni yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo‘lgan, mustahkam gruntga 
almashtirish kerakligi to‘g‘risida bir qarorga kelishgan (1.16-rasm). 

Download 11,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish