Jamoat binolarini joylashtirishga bo‘lgan sanitariya talablari.
Yashash muhiti va odam sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazuvchi manbalar hisoblanuvchi
korxonalarni, ularning o‘ziga xos texnologik jarayonlariga ega bo‘lgan alohida
binolari va inshootlarini turar-joy imoratlari joylashgan hududdan sanitariya-himoya
zonalari bilan ajratish lozim.
Sanitariya-himoya zonasi (SHZ)
– sanoat maydonchalari chegaralari va turar-joy
imoratlari, landshaft-rekreatsiya zonasi, dam olish va kurort zonalari o‘rtasidagi hudud.
136
Sanitariya qoidalari korxonalar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning sanitariya
klassifikatsiyasiga bog‘liq ravishda sanitariya-himoya zonalarining o‘lchamlariga, ularni
tashkil qilish va obodonlashtirilishiga, ushbu o‘lchamlarni qayta ko‘rib chiqishga
bo‘lgan talablarni belgilab beradilar. Sport inshootlari, parklar, ta’lim muassasalari,
umumiy foydalanishdagi davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarini SHZ hududida
joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. SHZ lar ichida yong‘in depolari, hammomlar, kir
yuvish korxonalari, garajlar, avtomobil va mototsikllarni yakka tartibda saqlash uchun
turargohlar, konstruktorlik byurolari, o‘quv muassasalari, poliklinikalar, boshqaruv
binolari, yoqilg‘i quyish stansiyalari, poliklinika, do‘konlar, ushbu korxonalarga xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar, korxona xodimlari uchun sport-
sog‘lomlashtirish
inshootlarini
joylashtirish
mumkin.
SHZ
imkon
qadar
ko‘kalamzorlashtirilishi lozim. Turar-joy imoratlari joylashgan hududlar va quyida
sanab o‘tilgan sanitariya-texnik inshootlar, transport infratuzilmasi inshootlari,
kommunal soha ob’yektlari, sport inshootlari va sado korxonalari o‘rtasida eni 50
metrdan kam bo‘lmagan sanitariya-himoya zonasi tashkil qilingan bo‘lishi zarur:
- sport o‘yinlarining o‘tkazishga mo‘ljallangan va 100 tagacha o‘rinli tribunalari
bo‘lgan ochiq turdagi jismoniya tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlari;
- savdo komplekslari, mayda ulgurji bozorlar, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat
mollari bozorlari;
- kamida ikki postga ega avtomobil yuvish joylari (avtomobillarga qo‘shimcha
xizmat ko‘rsatishsiz);
- bir smenada 500 kg gacha kir yuvish quvvatiga ega kir yuvish korxonalari;
- maishiy
texnika,
soat,
poyafzal
ta’mirlash ustaxonalari (alohida
joylashtirilgan);
- “Tez yordam” xizmati kichik stansiyalari;
- avtomatik telefon stansiyalari;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (stasionar va vaqtincha);
- kichik kimyoviy tozalash va kir yuvish korxonalari;
- alohida joylashtirilgan yopiq jismoniy-tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari,
sport klublar, ochiq sport maydonchalari.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |