170
10.3
-
rasm.
Umumfoydalanishdagi INTERNET-markazi xonasidagi kompyuterlarni
joylashtirish sxemasi.
10.4. Ixtisoslashtirilgan maktablar
Ixtisoslashtirilgan maktablarning namunasi sifatida bolalar san’at
maktablarini
ko‘rib chiqamiz:
Bu maktablar, odatda, 4 ta bo‘linmadan iborat bo‘ladi:
- tayyorlov;
- musiqa; xoregrafiya;
- tasviriy san’at bo‘linmasi.
171
Tayyorlov bo‘linmasi bolalar san’at maktabining boshqa bo‘linmalaridan
alohida faoliyat ko‘rsatishi va tarkibida quyidagi xonalar bo‘lishi lozim: musiqa sinfi,
rasm va plastik materiallardan buyumlar yasash sinfi, omborxona,
musiqa asboblari
va badiiy fond saqlanadigan xona, universal zal, dushxonalar, sanitariya bloklari.
Musiqa bo‘linmasi
shunday rejalashtirilishi kerakki, vazifalari bo‘yicha bir xil
xonalar
funksional, akustik, tovush izolyatsiyasi va konstruktiv talablardan kelib
chiqqan holda alohida seksiyalarga jamlanib, vertikal va gorizontal bo‘yicha boshqa
xonalardan ajratilishi lozim. Yakka tartibda musiqa bilan shug‘ullanishga
mo‘ljallangan xonalarni musiqa asboblari va qo‘l yuvgich joylashtiriladigan tambur-
shlyuzlar bilan loyihalashtirish kerak. Musiqa sinflarining devorlarini noparallel
(chetlanishi 2-12
0
) qilib, tegishli akustik jihozlanishi bilan
birga bajarish tavsiya
etiladi [30].
Xoreografiya bo‘linmasi
tarkibiga ritmika va raqs mashg‘ulotlari uchun xona,
klassik, sahna hamda xalq raqslari, shuningdek
zamonaviy raqslar uchun zallar,
nazariy fanlar sinfi, liboslar ustaxonasi,
yechinish-kiyinish xonasi, dushxonalar,
sanitariya bo‘lmalari kiradi. Tasviriy san’at bo‘linmasi tarkibiga rasm,
rassomlik,
kompozitsiya va haykaltaroshlik ustaxonalari kiradi. Rassomlik va rasm
ustaxonalarining har biri, odatda, yuqori qavatlarda
joylashtiriladi va quyidagi
zonalardan iborat bo‘ladi:
- o‘qituvchi zonasi;
- natyurmotlar zonasi;
- o‘quvchilar zonasi;
- molbertlar saqlanadigan zona.
Haykaltaroshlik ustaxonasi quyi qavatda joylashtiriladi.
Ustaxonalarning balandligi chiqib turuvchi konstruksiyalarning pastki qismidan
hisoblaganda 3,6-3,9 metr, eni 6 metr, uzunligi 9 metr qilib qabul qilinadi .Jismoniy
va aqliy rivojlanishi zaif bolalar uchun maxsus maktab-internatlarni
loyihalashtirishda davolash muassasalari bilan tezkor bog‘lanishni ta’minlashga
alohida e’tibor qaratish zarur. Undan tashqari, bu kabi
muassasalarni imkon qadar
tinch va ko‘kalamzor hududlarga joylashtirish kerak.
172
Ana shu ikki asosiy talabga yirik ma’muriy markaz bilan yaxshi aloqaga ega
shahar yaqinidagi zona javob beradi. Maxsus maktablarni loyihalashtirishda
davolashning o‘ziga xos sikllari, ta’lim-tarbiya va turmush tarzining shart-sharoitlari
albatta hisobga olinadi. Masalan, tayanch-harakatlanish apparati shikastlangan bolalar
uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda panduslar ko‘zda
tutilishi lozim; sinf
xonalarining parametrlari aniq talablardan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi
mumkin. Bunday maktab binolarining balandligi 2 qavatdan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: