Toshkent arxitektura qurilish instituti


 – rasm. Qurilish hujjatlarining tarkibi va mo‘ljallanilishi



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/128
Sana01.01.2022
Hajmi3,53 Mb.
#291462
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128
Bog'liq
jjj

 
4.6 – rasm. Qurilish hujjatlarining tarkibi va mo‘ljallanilishi 
 
Amerikada  qo‘llanadigan  atamashunoslikda  loyihaga  oid  grafik 
materiallarning  ikki  turi  mavjud  deb  hisoblanadi:  jumladan, 
chizmalar 
(
Drawings
) – me’morchilikka oid hajmiy va rejaviy, kesimlar, fasadlar sh.k.lar 
hamda 
ishchi  chizmalar
  (
Shop  Drawings
)  –  konstruktiv  tugun,  buyum  va 
konstruksiyalar  tarkibi,  o‘lchami  va  ishlatiladigan  ashyolar  ta’riflarini  aks 
ettiruvchi  chizmalar.  MDH  davlatlarida  qo‘llanilayotgan  uslublardan  farqli 
ravishda  ishchi  chizmalarni  pudratchilar,  subpudratchilar,  yetkazib  beruvchilar 
va  ishlab  chiqaruvchilar  taqdim  etadi.  Taqdim  etilgan  ishchi  chizmalarning 
nazorat  qilinishi  va  tasdiqlanishi  loyihalashtiruvchi  firmaning  huquq  va 
majburiyatlari tarkibiga kiritiladi. Tegishli huquq va bajariladigan ishlar ketma–
ketligi tartibi qurilish ishlab chiqarishini ta’minlash haqidagi bo‘limda (18 va 28 
– boblar) bayon qilinadi.  
Materiallar,  xom  ashyo,  qurilmalarni  alohida  qismlar  bo‘yicha  qarab 
chiqish  va  ularni  inshootga  tatbiq  etish  yo‘li  bilan  ishchi  chizmalar  (ICh) 
loyihani  (rejalar  va  texnik  shartlar)  qurilish  bilan  bog‘laydi.  Haqiqatdan 


164 
 
foydalanish mumkin bo‘lgan komponentlar bilan ish olib boradigan pudratchilar 
va yetkazib beruvchilar ushbu ma’lumotlarga to‘liq ega bo‘ladilar.  
Texnik  shartlar
  (
Technical  Specification
)  –  loyihaga  va  materiallar, 
qurilmalar, bajariladigan ishlar bo‘yicha uning alohida bo‘limlariga qo‘yiladigan 
sifatga  oid  talablarni  tavsiflaydigan  yozma  hujjat.  Texnik  shartlar  loyiha 
firmalari  mutaxassislari  tomonidan  ishlab  chiqiladi  yoki  bu  ish  professional 
maslahatchi–spetsifikatorlarga topshiriladi. Ayrim hollarda, agar gap murakkab 
tavsifli noyob  tizimlar  haqida ketayotgan,  masalan, stadion  yopmalari  loyihasi 
qarab  chiqilayotgan  bo‘lsa,  u  holda  ularning  ishtirokisiz  masalani  yechish 
mumkin emas.  
Texnik  shartlarni  yozish uchun  materiallar,  buyumlar,  ish  jarayonlari  va 
shu kabilarga tegishli zarur standartlarni yig‘ib chiqishdan iborat bo‘ladi. Barcha 
ana  shunday  hollarda  deyarli  barcha  ehtiyoj  va  talablarni  ta’minlovchi  
standartlarning keng ko‘lamli to‘plamlari mavjud bo‘lib, gap faqat ulardan aniq 
loyiha talablariga javob beradigan tanlashda qoladi.  
Texnik  shartlar  alohida  qismlar  bo‘yicha  talab  qilinishiga  bog‘liq  holda 
ma’lum aniq shakllarda bajariladi va ular quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin: 
Tavsiflovchi  yoki  loyihaga  oid  texnik  shartlar
  (
Descriptive/Design 
Specification
)  –  materiallar,  ishlarning  bajarilishi,  montaj  operatsiyalari, 
qurilmalarni  o‘rnatishning  alohida  qismlar  bo‘yicha  tavsiflanishi.  Bunda 
pudratchi  ushbu  ko‘rsatmalarga  aniq  amal  qilishi  talab  qilinib,  mulk  egasi– 
natija  uchun  javob  beradi.  Loyihalovchining  vazifasi  –  mulk  egasining 
talablarini spetsifikatsiya tilida to‘g‘ri tartibda «
tarjima qilinishi
» bilan bog‘liq 
bo‘lib, bunda u «
tarjimaning
» mosligiga kelishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga 
oladi.  
Oshkora  tavsifdagi  texnik  shartlar
  (
Performance  Specification

pudratchiga  bajarish  uslublarini  tanlashni  qoldirib,  faqat  talab  qilingan 
natijalarni  bayon  qilib  beradi.  Masalan,  pardozlash  tavsiflarini  ko‘rsatishda  – 


165 
 
yuzaga,  teksturaga,  rangga  talablar  belgilanadi.  Ushbu  talablar  doirasida 
pudratchi o‘zi materiallarni tanlashi va bajarish usullarini tanlab olishi mumkin, 
bu  holat  uning  tanlovgacha  (tender  qiymatini  qayta  hisoblash  va  pasaytirish) 
yoki sotuvdan keyin (daromadlarni oshirish) ustunligini ta’minlaydi.  
Xususiy  mulk  egasining  texnik  shartlari 
(
Proprietary  Specification
)  – 
ehtimolligi mavjud boshqa muqobil variantlarni rad etgan holda, mutlaqo aniq 
resurs  turlari  va  foydalaniladigan  uslublarni  belgilab  beradi.  Masalan,  tag 
to‘shamalar  (
pol
)  aniq  qazib  olish  joyidan  olinuvchi  rangga  ega  bo‘lgan 
marmardan ishlanishi talab qilinadi.  

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish