Toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich beton va temir-beton texnologiyasi


-jadval  Suvning beton qorishmasida tasniflanishi



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/101
Sana15.01.2022
Hajmi3,97 Mb.
#366114
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
Bog'liq
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

3.9-jadval 
Suvning beton qorishmasida tasniflanishi 
Bog„lanish 
harakteri 
Bog„lanish yuzaga 
kelishining sharoit va 
sabablari 
Suvning taqribiy nisbiy 
miqdori, suvning umumiy 
miqdori % hisobida 
Yangi 
tayyorlangan 
qorishmada 
Sementning 
qotish 
davrida 
Kimyoviy (aniq 
miqdoriiy 
nisbatlarda) 
Qorishmadan gidratatsiya 
va kristallashuv 
1-2 
4-5 
Fizikaviy-
kimyoviy, 
adsorbsion 
Qattiq fazaning 
molekulyar kuch 
maydonida adsorbsiya 
3-5 
20-25 
Mexanik, tuzilish 
Suvning ingichka 
kapillyarlar, yoriqlar va 
g‗ovaklarni to‗ldirishi 
93-95 
70-75 
  Sement  zarralari  va  mayda  tuyilgan  qo‗shimchalar    o‗lchamlari  kichik 
hamda  katta  nisbiy  yuzasi  bilan  farqlanadilar,  natijada  sement  hamiri  yuqori 
taraqqiy  etgan  yuzali  bo‗limga  ―qattiq  jism  –  suyuqlik‖  holatiga  ega  bo‗ladi. 
Bunday sistemada adsorbsion kuchlar, molekulyar va kapillyar o‗zaro ta'sirlashuv 
kuchliroq namoyon bo‗ladi va ular sistemaning bog‗lanish darajasini oshiradi.  


135 
 
  Sement  hamirining  xususiyati  qattiq  va  suyuq  holatlar  nisbatiga  bog‗liq: 
tarkibdagi  suv  miqdorining  oshishi  bilan  sement  hamiri  harakatchanligi  oshadi, 
plastik mustahkamligi kamayadi. Beton qorishmasida suv turli holatlarda bo‗lishi 
mumkin (3.9-jadval). 
  Suvning  kamroq  qismi  sement  bilan  kimyoviy  ta'sirlashuvga  kiradi  va 
kimyoviy bog‗langan holatda qoladi. Bu suvning nisbiy  miqdori borgan sari o‗sib 
boradi, biroq  qotish vaqtida  5  %dan  oshmaydi. Suvning  boshqa  qismi  adsorbsion 
kuchlar ta'sirida qattiq fazaning yuzasida fizikaviy-kimyoviy bog‗lanishda bo‗ladi. 
Beton qorishmasi xossalariga ta'sir etuvchi omillar 
  Fizikaviy-kimyoviy bog‗langan suvning miqdori ham odatda qattiq jismning 
nisbiy  yuzasini  ortishi  bilan  kuzatiladigan  sementning  giratatsiyasi  jarayonida 
o‗zgaradi. Yangi tayyorlangan sement  hamirida bunday suvning miqdori 3-5% ni, 
qotish  vaqtigacha  esa  o‗sib  borib  umumiy  suv  miqdoriining  25%  gacha  yetadi. 
Sement  hamiridagi  asosiy  suv  miqdori  donalar  orasidagi  muhitda  joylashadi,  bu 
g‗ovaklar  va  oraliqlarning  o‗lchamlari  1  dan  50  mkm  gacha  va  undan  ortiq 
o‗zarishi mumkin. Sementning giratatsiyasi  jarayonida kapillyar kuchlar ta'siri va 
gel paydo bo‗lishi  natijasida donalararo  muhitda suv sement toshi bilan fizikaviy-
kimyoviy bog‗lanadi.   Odatda buni erkin bog‗lanish deb ataydilar, binobarin ular 
kimyoviy  bog‗lanmagan  va  qattiq  fazaning  xech  qanday  molekulyar  kuchlari 
ta'sirida  emas.  Erkin  suvning  nisbiy  miqdori  sement  hamiri  tayyorlangan  zaxoti 
suvning umumiy hajmiga nisbatan 90%ni tashkil  etadi va qotish jarayoniga qadar 
65-70%  ga  tushib  ketadi.  Aynan  erkin  suvgina  sement  hamirining  
harakatchanligiga  eng ko‗p ta'sir ko‗rsatadi. 
Beton qorishmalarining xususiyatlari 
  Beton  xususiyatlari  qoliplash  uni  tayyorlash,    joylash  va  qotishidan 
boshlanadi.  Bu  jarayonlar  betonning,  konstruksiyaning  va  buyumlarning  sifatini 
aniqlaydi.  Shu  sababli  beton  qorishmasini  xususiyatlarini,  uning  turli  faktorlarga 
bog‗liqligini,  berilgan  xususiyatdagi  beton  qorishmasini  olishni  bilish,  beton 
qorishmasini  tayyorlash  jarayonlarini,  yoyishni  va  qotish  davrlarini  uquvli 


136 
 
boshqarish katta ahamiyat kasb etadi.  
Beton 
qorishmasiga 
xususiyatli 
bo‗lgan  jihatlardan  biri  uning  qulay  to‗shaluvchanligi,  yoki  shakllanuvchanligi, 
jumladan, berilgan shaklni bir tekisda yoyilib qoplashi va ayni vaqtda bir turligini 
va monolitligini saqlashidir. Qulay to‗shaluvchanlik beton qorishmasining shaklni 
(qolipni)  to‗ldirish  jarayonida    harakatchanligi(oquvchanligi),  plastikligi,  ya'ni 
yorilmasdan deformatsiyalanishi bilan  aniqlanadi.  
   

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish