Toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich beton va temir-beton texnologiyasi



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/101
Sana15.01.2022
Hajmi3,97 Mb.
#366114
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101
Bog'liq
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

3.8-jadval 
«
FREM C-3» qo‗shimchasining texnik tasnifi
 
Ko‗rsatkichlarining 
nomlanishi 
Texnik tasnifi 
―FREM C-3‖ 
Tashqi ko‗rinishi 
to‗q jigarrang suyuqlik, 
cho‗kmaga ruxsat etiladi 
och jigarrang kukun va 
och rangli granulalar 
aralashmasi  
20 °S dagi zichligi 
/to‗kma zichligi, g/sm
3
  
1,19 ± 0,03 
0,70 ± 0,02 
Quruq moddaning 
massa ulushi, % 
34 ± 2 
96 ± 2 
Vodorod ko‗rsatkichi, 
rN birligida 
7,0 ± 0,5 
Cl
-1
 ionlar miqdori, % 
quruq modda massasiga 
nisbatan 
0,1 dan ko‗p emas 
 
  
«FREM C-3» mo„ljallangan: 
- asosiy ishlatilish sohasi: monolit konstruksiyalarni tiklash va tovar betonlar 
ishlab chiqarishda; barcha turdagi monolit, beton va yig‗ma temir-beton buyumlari 
va konstruksiyalarida, og‗ir va mayda donadorli beton asosidagi konstruksiyalarda 
va  turli  qurilish  qorishmalarida;   g‗ovak  to‗ldiruvchilar  asosida  yengil  betonlar 
ishlab  chiqarishda;  issiqlik-namlik  ishlovi  beriladigan,  hamda  berilmaydigan 
yig‗ma beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarishda. 
 
Xossalari: 
- yuqori texnologik ishlab chiqarishga imkoniyat beradi; 
-  suv-sement  nisbatini  kamaytirish  orqali  beton  qorishmasining  qulay 
joylashuvchanligini ta'minlaydi; 
-  suv  miqdorini  kamaytirish  xususiyatini  ta'minlaydi,    sementni  iqtisod 
qilish, hamda beton va qorishmaning fizik-mexanik xossalarini (mustahkamlik, suv 
o‗tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik va boshqa) oshirish uchun ishlatiladi; 
- beton qorishmasining harakatchanligini saqlanish vaqtini oshiradi; 
-beton qorishmasining mustahkamligini tushirmagan holda harakatchanligini 
va bir jinsliligini P1 dan P5 gacha oshiradi; 


133 
 
-vibratsiya  jadalligini  va  vaqtini  qisqartiradi;  buyum  va  konstruksiyalarni 
qoliplash  muddatini  kamaytiradi;  issiqlik-namlik  ishlovi  berish  vaqtini  yoki 
izotermik qizdirish haroratini kamaytiradi. 
 
«FREM  S-3»  qo‗shimchasi  mahsulot  konsentratsiyasi  bo‗yicha  qorishma 
tarkibiga sement massasiga nisbatan 1,5-3,0 % gacha miqdorida qo‗shiladi (quruq 
modda  holatida  sement  massasiga  nisbatan  0,5-1,0  %).  Qo‗shimchaning  optimal 
sarfi  beton  yoki  qorishmaning  tarkibiga  bog‗liq  bo‗lib,  tajriba  sharoitida  sinov 
ishlari orqali olinadi. «FREM S-3» qo‗shimachasini ishlatishdan oldin suvda 30-35 
%  konsentratsiya    holatiga  kelguncha  eritiladi  (zichlik  1,18-1,2  g/sm
3
). 
Qo‗shimcha  qorishma  qorgichga  kimyoviy  qo‗shimchalar  yoki  suv  idishidan 
miqdorlagich  orqali uzatiladi. 
Beton qorishmasining xossalari 
Murakkab ko‗pkomponentli polidispersion tizimni o‗zida ifodalovchi beton 
qorishmasini  suv,  sement  va  to‗ldiruvchilarni  bevosita  qorishtirish  orqali  olinadi. 
Unga  sementning  maydadispersion  zarralari,  nisbatan  yirikroq  bo‗lgan  mayda  va 
yirik donador to‗ldiruvchi, aksariyat hollarda kiritiladigan maxsus qo‗shimchalar, 
suv  va  qorishmani  tayyorlash  jarayonida  qo‗shilib  ketadigan  havo  kiradi.  Beton 
qorishmasining  xususiyati    beton  va  temir-beton  konstruksiyalar  texnologiyasida 
katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan u qoliplash sharoitlarini va  ma'lum darajada 
mazkur konstruksiyalarning yakuniy sifatini aniqlaydi. 
  Qattik zarralar bilan suvning o‗zaro ichki kuchlari ta'sirida (molekulalarning 
tortishishi, qovushqoq  ishqalanish, kapillyar  va boshqa  kuchlar)  beton qorishmasi 
qovushqoq tuzilishli suyuqliklar uchun harakterli  bo‗lgan aniq xususiyatlarga va 
bog‗lanuvchanlikka ega bo‗ladi. Beton qorishmalari xususiyatiga ko‗ra qovushqoq 
suyuqliklar  va  qattiq  jismlar  orasidagi  o‗rinni  egallaydi.  Haqiqiy  qovushqoq 
suyuqliklardan  beton  qorishmalari  tuzilishning  nisbatan  mustahkamligi  yoki 
tuzilish qovushqoqligi  bilan  ajralib  turadi;  qattiq  jismlardan  esa  shaklni  saqlash  – 
qovushqoqlik    xususiyatining  yo‗qligi  va    hatto  e'tiborsiz  miqdordagi  kuch 
qo‗yilganda ham qaytmas plastik deformatsiyaga uchrash xususiyati bilan  ajralib 


134 
 
turadi.  Beton  qorishmalarining  xususiyatlari  ularning  tuzilishi,  tarkibidagi  tashkil 
etuvchilarining  xususiyatlariga  bog‗liq  va  quyidagicha  ahamiyat  kasb  etuvchi 
xossalarga  ega:  mexanik  ta'sirlar  ostida  soxta  suyulish  yoki  harakatchanligining 
oshishi;  sement  bilan  suvning  o‗zaro  fizikaviy-kimyoviy  jarayonlari  ta'sirida 
sistemaning  qovushishi  va  qattiq  jismga  aylangunga  qadar  doimiy  o‗z 
xususiyatlarini o‗zgartirib borishi (harakatchanlikning yo‗qolishi). 
  Beton qorishmasini ikki tarkibiy qismdan tashkil topgan sistema deb qarash 
qulayroq  –  sement  hamiri  va  to‗ldiruvchi.  Asosiy  struktura  hosil  etuvchi  tarkib 
sifatida  sement  hamiri  tan  olinadi  va  uning  tarkibiga  sement,  suv,  aksariyat 
hollarda  maydalangan mineral qo‗shimchalar yoki kul kiradi.  

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish