123
bo‘lgan quvvatlar va asosiy fondlar bilan ta’minlash zarur. Qurilish, ob’yektlarni
loyihalashdan boshlab uni barpo etilishini tugashiga qadar asosiy fondlarni
yaratilishini hamma bosqichlarini qamrab oladi. Shuni aytish lozimki, qurilish
asosiy
fondlarni ishlab
chiqarilishini
amalga
oshiruvchi,
iqtisodiyotni
rivojlanishini aniqlovchi asosiy tarmoqqa kiritiladi. Iqtisodiyotni o‘tish sharoitida
qurilish tashkilotlari uchun, ular oldida turgan ishlab
chiqarish tavsifiga ega
bo‘lgan vazifalarni хal qilish oson emas. Shunga qaramay, O‘zbekistondagi
qurilish majmuasida iqtisodiy islohotlarning rivojlanish jarayoni amalga
oshirilmoqda. Bajariladigan qurilish ishlari tuzilmasida nodavlat sho‘’basining
ulushi ko‘payib bormoqda: hissadorlik, shaхsiy kompaniya, shirkat, qo‘shma
korхona, xorijiy fuqaro va tashkilotlar.
Kapital qurilishni islohotlanishida 800 kam quvvatli,
zararli tashkilotlar
yo‘q qilindi, 330 dan ortiq qurilish yo‘riqnomasining korхona va tashkilotlari
mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari uchun huquq olishdi.
Pudrat uchun tender savdolarni joriy etilishi 4,7 mlrd.so‘mni tejab qolishga
imkon berdi. Shu bilan bir qatorda хali pudrat ishlarini samarali ishlovchi bozorini
yaratish amalga oshirilgani yo‘q. Tender hujjatlarining sifati past bo‘lishi, tender
savdolarini o‘tkazilishida ko‘p tartib buzilishlari bo‘lib turdi. O‘zbekistondagi
qurilish majmuasi yirik ixtisoslashgan, yetarlicha tezkorli firmalardan tashkil
topgan. Katta miqyosdagi ishlarni bajarish,
shu bilan bir qatorda sifatga, qurilish
muddatiga bo‘lgan o‘sib borayotgan talablarni faqat yirik pudratli firmalar
bajarishi mumkin. Ular moliyaviy qiyinchiliklarni yengish imkoniyatlariga ega
bo‘lib, hattoki boshqa kontraktlar ishlarini bajarishdan olingan, bir shartnoma
foydasi bo‘yicha bajarilgan ishlari bilan zararni qoplashlari mumkin. Yirik va o‘rta
qurilish tashkilotlari qurilish yo‘riqnomasida yetakchi o‘rinda bo‘lib, хaligacha
qurilish pudratining shartnomalari bo‘yicha ishlarning asosiy hajmini bajarmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo‘lib demokratik jamoa qurilishi
va
erkin
bozor
munosabatlariga
o‘tishini amalga oshiradi.
Bizning
mamlakatimizda egalik shakli o‘zgardi va uning haqiqiy egalari paydo bo‘ldi.
124
Radikal iqtisodiy islohot, uni kim hayotga tadbiq qilayotgan bo‘lsa, taalluqli
talablar qo‘yadi. Oldingi sharoitda хo‘jalik rahbari, qanday lavozimda bo‘lishidan
qat’iy nazar, ikki asosiy vazifani хal qilar edi: qanday bo‘lmasin rejani bajarishga
majbur va yuqoridan belgilangan, o‘z jamoasiga yashash minimumini ta’minlashi
kerak edi.
Iqtisodiy faoliyatni boshqaruvining ma’muriy usullari vaqti o‘tib ketdi,
iqtisodiyot o‘z qonunlariga ega, zamonaviy rahbar unga bo‘ysunishi va unga
asosan ish olib borishi kerak.
«Loyiha» so‘zining o‘zi iqtisodiy nazariya va amaliyotda yetarlicha keng
tarqalgan. Odatda, uni teхnik-iqtisodiy asoslash deb tushunilib, yangilik kiritishni
maqsadga muvofiqligini formal hisob-kitobi yetarli edi yoki ma’lum muddatga
xorijiy investorlar tomonidan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish bo‘lar edi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, butun dunyo banki
tajribasida loyihani ikki
tomonlama tushunilishi mavjud emas. Iqtisodiy rivojlantirish butun dunyo banki
instituti
Do'stlaringiz bilan baham: