10
Ayniqsa, mukammal qurilishda bitta yirik shaxba (ob’yekt)ni qurib foydalanishga
topshirish uchun ayrim hollarda bir necha yillar zarur bo‘ladi.
Qurilishning serashyo ekanligi esa unda ishlatiladigan xomashyo turlarining
xilma – xilligidadir. Xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar
qurilishda u, yoki bu maqsadda ishlatiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Jumladan, mashinasozlik sanoati qurilishni mashina va mexanizmlar bilan,
metallurgiya – armatura, prokat va metall tuzilmalar bilan, kimyo sanoati lak,
bo‘yoq, linoleum kabilar bilan ta’minlaydi va h.k. Faqatgina qurilish materiallari
ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog‘ining sement, oxak, gips, temirbeton tuzilmalar,
g‘isht, shifer kabi yuzlab mahsulotlarning qurilish uchun zarur bo‘lishi yuqoridagi
fikrimizning yaqqol dalilidir.
Mukammal qurilishning O‘zbekiston xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni
beqiyosdir. Chunki qurilishsiz xalq xo‘jaligining hech
bir sohasini tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Qurilish har bir sohaga qarashli asosiy fondlarni yaratadi va bu
sohaning iqtisodiy fikr, barkamol bo‘lishiga asos soladi.
Shuning uchun ham respublikamizda qurilish sohasiga katta e’tibor bilan
qaralmoqda. Vazirlar Mahkamasi, Respublika Oliy majlisi va Prezidentimiz
tomonlaridan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qurilish sohasida yuzaga kelgan
qiyinchilik
va muammolarni hal qilishga, qurilish sohasini rivojlangirishga
qaratilgan qator qarorlar, farmonlar va qonunlar qabul qilinib, ularning amaldagi
ijrosi nazorat qilinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28- noyabrda qabul
qilgan «Mukammal qurilishni boshqarishning tashkiliy
tuzilmasini yanada
takomillashtirish chora — tadbirlari to‘g‘risida», 1999-yil 3 -sentyabrida qabul
qilgan «Mukammal qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish» va
12-sentyabr 2003-yildagi 395-sonli «Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari
mexanizmini takomillashtirish choralari haqida»gi qarorlari, Prezidentimizning
1998-yil
18-noyabrdagi
«Kapital
qurilishda
boshqaruv
tuzilmasini
takomillashtirish chora - tadbirlari» to‘g‘risidagi farmoni shular jumlasidandir.
Bunday qonun, qaror va farmonlarning amaldagi ijrosi natijasida Respublikamiz
11
shahar va qishloqlarida ko‘plab bino va inshootlar qad ko‘tarmoqda.
Asakadagi
DEU mashinasozlik korxonasi, Toshloqdagi DEU-tekstayl korxonasi, Buxoro
neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar shular jumlasidandir. Asakadagi DEU -
avto, Buxorodagi neftni qayta ishlash korxonasi, Qamchiq dovonidagi er osti yo‘li,
Toshkent va respublikamizning qator shaharlarida olib borilayotgan ko‘plab yirik
qurilishlar bu fikrimizning yaqqol dalilidir. Bu bilan
respublikamizning nafaqat
bugungi, balki uning porloq kelajagiga ham zamin tayyorlanmoqda.
Loyihalash – qurilishni amalga oshirishning eng muhim bosqichidir. U
taraqqiyotni rivoji, yangi qurilma va texnologiyani joriy etishda asosiy bosqich
bo‘lib xizmat qiladi. Loyihaning sifati, bo‘lg‘usi korxonaning yoki boshqa
ob’yektning (jamoat yoki turar joy binosi) qanday bo‘lishiga chambarchas
bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: