Mavzu: Qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruv tuzilmasini rekonstruksiya qilish va yanada rivojlantirish. Tayyorladi: 3-90 guruh talabasi O‘rinboyev Abduvali
Mavzu:Qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruv tuzilmasini rekonstruksiya qilish va yanada rivojlantirish. Tayyorladi:3-90 guruh talabasi O‘rinboyev Abduvali
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini yuksaltirishda muhim omil boʻlmoqda. Shu munosabat bilan soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi, paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlarining davlat tomonidan kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada koʻpaytirish hisobiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirildi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng joriy etilmoqda, natijada oxirgi yillarda paxta-toʻqimachilik klasterlariga ajratilgan yer maydonlari hajmi mazkur ekin turi uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligi yerlarining 52 foizini tashkil etdi.
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda samarali bozor mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermayapti. Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishning bozor mexanizmlarini joriy etish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallanganSTRATEGIYASI 1-bob. Umumiy qoidalar O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash; qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish; soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash; davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish; qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish; qishloq hududlarini rivojlantirish; tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.