Texnologik harita - qurilish ishlab chiqarishini texnologiyasidagi asosiy
hujjat bo’lib, u ishni kompleks mexanizatsiyalab, ketma-ketligini ta`minlaydi.
Texnologik harita to’rt qismdan GOST, QMQ, TSH (texnika shartlarini
hisobga olgan) iborat.
I qism - haritaning qo’llanish ko’lami va texnologik talablar. Bundan: ish
tarkibi; bajarilish sharoiti; ishchilar tarkibi; iqlimiy va geologik sharoit va
boshqalar yoritiladi.
II qism - texnologik rejim, maxorat olish usuli. Bunda: GOST, QMQ, va
TShlar asosida kerakli mahsulot olish uchun yo’l qo’yiladigan rejim belgilanadi;
ish bajarish sxemalari; mashina mexanizmlar ishini o’zaro bog’lash; material
resurs ta`minoti, ularni ish joyida tashish; maxsus moslamalar yordamida ish
jarayonini olib borish yoritiladi;
III qism - texnik iqtisodiy ko’rsatkichni hisoblash. Bunda umumiy va
o’lchov birlik mahsulot ishlab chiqish uchun mehnat sarfini, ishchi va mashina
mexanizmlar, mehnat unumdorligini hisoblashdan iborat.
32
IV qism - material-texnik resurslar sarfi. Bunda texnologik jarayonni normal
ketishi uchun kerakli material, yarim fabrikat, qurilma, mashina, mexanizm va
asbob uskunalaraga extiyoj yoritiladi.