3
SO‘Z BOSHI
Iqtisodiy islohot va rivojlanuvchi bozor munosabatlari mamlakatning barcha
sohalarida, shu jumladan qurilish va shahar xo‘jaligida o‘z aksini topadi.
Qurilishda qurilish mahsulotlariga erkin (kelishilgan) narxlar shakllanadi,
iste’molchilarning o‘sib boruvchi talablarini qondirib borish nuqtai nazaridan
loyihalash va qurilishni tashkillashtirishda avtomatik
tizimlardan foydalaniladi,
mahsulot ishlab chiqarish rejalari mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Hisoblashlar
asosida korxonada mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘sishning qanday qismi
mehnatni jadallashtirish hisobiga va qanday qismi qurilmalar olish va qurilish-
montaj ishlari hajmini bajarish uchun qo‘shimcha kapital mablag‘lar
hisobga
olinishi oydinlashtiriladi. Korxonalarni boshqarish tashkiliy, texnologik, iqtisodiy,
tarbiyaviy – g‘oyaviy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlarni hamda korxona boshqaruv
organlari va ishlab chiqarish jamoasini maqsadga erishish yo‘lidagi harakatlarini
muvofiqlashtiruvchi, ta’minlovchi usul va vositalar majmuasini ishlab chiqish va
joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mehnat jarayonida bosh yaratuvchi omil ilmiy
tashkillashtirishga muhtoj
bo‘lgan murakkab iqtisodiy – ijtimoiy hodisani ifodalovchi yirik mehnatdir. Ishlab
chiqaruvchi korxonalarni bir me’yorda ishlab turishi uchun mehnatni to‘g‘ri
tashkillashtirish talab etiladi.
Mazkur darslikning maqsadi – talablari bu bilimlarni egallashda talabalarga
yordam berish.
Darslikda nazariy materiallar o‘z o‘rnini topgan. Bu materiallar qo‘llanmada
vazifalar va misollar yechish orqali mustahkamlangan. Qo‘llanmada qurilishni
tashkillashtirish va ishlab chiqaruv korxonalariga tegishli misollar ham ko‘rib
chiqilgan.
Yurtimizda milliy istiqlolni shakllanishi mamlakatimizning mustaqil
rivojlanishining qonuniy natijasidir.
4
Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda mulkga egalik
hissini tarbiyalash, kichik va o‘rta korxonalarni
izchil rivojlantirish, aholi
farovonligi va daromadlarining ortishida, ishsizlik muammosini yechishda muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda xalqimizda mulkka egalik hissini
shakllantirish, uning xo‘jalik yuritishining zamonaviy usullarini o‘zlashtirishga
erishish, unda o‘z kuchiga ishonch tuyg‘ularini kamol toptirish milliy
islohotlarning eng ustuvor vazifalaridan biridir.
Bu yo‘nalishdagi ishlar har bir fuqaroning umumta’lim
va madaniy
darajasini hisobga olgan holda, maqsadga muvofiq va muttasil olib borilishi,
faqatgina ma’rifiy ishonch yo‘li bilan olib borilishi lozim.
Mazkur darslik 5A230201 – “Menejment (qurilish)” va 5А340206 –
“Qurilish iqtisodiyoti” mutaxassisliklari magistrantlarining hamda 5340900 –
Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish, 5340300 –
Shahar qurilishi va
xo‘jaligi hamda 5111000 – Kasb ta’lim; 5610100 – Xizmatlar sohasi (uy-joy
kommunal xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish) mutaxassisliklar bakalavrlari
bilimlarini shakllantirsh uchun “Qurilishda menejment” fanidan nazariy – uslubiy
ishlanmani ifodalaydi.
Darslik muallifi kelgusida o‘z oldilariga bozor iqtisodi sharoitida shahar
qurilish va xo‘jaligini tashkillashtirish, rejalashtirish
va boshqarishining
shakllanishi, muammolar yechimi bo‘yicha hozirgi zamon masalalarini talabalarga
yetkazish va Respublikamizning qurilish – montaj tashkilotlari, firmalari, shu
jumladan xususiy tadbirkorlari ishini nazariy va amaliy tomonlarini ko‘rsatish
rejalarini o‘z oldilariga qo‘yganlar.
Albatta, har bir narsaning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda kamchiliklari ham
bo‘lishi tabiiy. Darslikdagi xato va kamchiliklarni har qanday shaklda bizga
yetkazsangiz, sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.