Vaqt intervallarini noniusli o’zgartiradigan raqamli o’lchagichlar. Qisqa bir karrali vaqt intervallarini bevosita sanoq usuliga asoslangan asboblar bilan o’lchashda foydalanilayotgan elementlar bazasining tezkorligiga bog’liq bo’lgan diskretlik xatoligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Vaqt intervalini noniusli o’zgartiradigan raqamli o’lchagichlar (7.11-rasm) tezkorligi chegaralangan schyotchiklardan foydalanilganda katta aniqlikka erishish imkonini beradi.
Shakllantiruvchi qurilma davomiyligini o’lchash zarur bo’lgan kirish signali Ukir dan start impulsi Ustart va to’xta impulsi Uto’xta ni shakllantiradi (7.12-a, b, v rasm). Start impulsi takrorlanish davri T1 bo’lgan tayanch generatorni ishga tushiradi va uning impulslari schyotchik 1 ga keladi. Vaqt intervallarini tayanch generator 1 davridan kichik diskretlik xatoligi bilan o’lchash usuli sxemasiga davri T2 va ishga tushirish impulsi Uto’xta bo’lgan yana bir tayanch generator 2 kiritilgan. Ucheg impulslarning takrorlanish davri Uog 1 impulslarning takrorlanish davridan biroz kichik va ∆T = T1 – T2 ayirma, ishning mohiyatiga ko’ra, kvantlash qadamini hamda mos ravishda, noniusli o’zgartirishni diskretlash xatoligini aniqlaydi.
Generatorlar impulslari har bir davr bilan bir-biriga toki ustma-ust tushguniga qadar, vaqt bo’yicha yaqinlashadi (7.12-g, d rasm). Bu moment generatorlar ishini to’xtatadigan Uus signalni ishlab chiqaruvchi ustma-ust tushish sxemasi tomonidan qayd etiladi. Arifmetik qurilma schyotchik 1 ning ko’rsatishlari N1 va schyotchik 2 ning ko’rsatishlari N2 ni ushbu algoritm bo’yicha birlashtirishi kerak:
∆tx = (N1 –1)T1 – (N2 –1)T2 + ∆T(N2 –1).
B u ifodadagi birinchi qo’shiluvchi o’lchanayotgan intervalning start generatori 1 davrlari sonini sanash bilan aniqlangan «butun qismi»ni ifodalaydi. Ikkinchi qo’shiluvchi generator 1 ning hali o’lchanayotgan vaqt intervali chegaralarida bo’lgan impulsi bilan stop impulsi orasidagi «hisobga olinmagan» vaqt intervalining davomiyligini aniqlaydi. Arifmetik qurilmadan natija kodi raqamli sanoqni olish qurilmasi RSQ ga keladi.
Qaralayotgan asbobda boshqariladigan start tayanch generatorining qo’llanilishi tayanch impulslarni o’lchanayotgan intervalning boshlanishi bilan sinxronlash va noniusli usul bilan faqat bitta «hisobga olinmagan» intervalni o’lchashga imkon beradi. Biroq noniusli o’zgartgichlarning tayanch generatorlari stabilligi bo’yicha uzluksiz ish rejimiga ega generatorlarga nisbatan pastroq bo’lib, ularni kvartsli rezanatorlar bilan stabillash mumkin. Shuning uchun noniusli o’zgartiradigan asbobda kvantlash darajalari soni T1/∆T ni odatda, 100 dan ortiq qilib olinmaydi va bunday asboblardan nisbatan katta bo’lmagan intervallarni o’lchash uchun foydalaniladi. Noniusli o’zgartgichlarning kvantlash qadamini stabillash uchun start va to’xtash generatorlarining chastotalari ayirmasini avtosozlashdan yoki ularni yuqori stabil O’YuCh signal bilan majburiy sinxronlashdan foydalaniladi.
Katta vaqt intervallarini aniq o’lchash uchun ikkita noniusli o’zgartgichli raqamli asboblardan foydalaniladi, bunda asosiy tayanch generator uzluksiz rejimda ishlaydi. Bunday asboblarda o’lchanayotgan vaqt intervalining «butun qismini» uzluksiz ishlovchi stabil tayanch generatorining impulslarini bevosita sanash metodi bilan aniqlanadi. Bir noniusli o’zgartgich tayanch generatorining impulsini birinchi o’lchash boshlanishidan oldingi «hisobga olinmagan» vaqt intervalini, ikkinchisi esa ikkinchi «hisobga olinmagan» vaqt intervalini o’lchaydi. Arifmetik qurilma uchta hisoblagichning (schetchik) ko’rsatishlarini birlashtiradi va natija kodini RSQ ga beradi. Bunday asbob sxemasi etarlicha murakkab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |