Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet83/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

Rezonans metodi. Chastotani rezonans metodi bilan o’lchash tebranish konturida yuzaga keladigan elektr rezo­nansi hodisasiga asoslanadi. Bu metod yuqori va o’tayuqori chasto­talarda qo’llaniladi. Chastotani o’lchashning tuzilish sxemasi 7.5-rasmda keltirilgan.
O’lchanayotgan fx chastota kuchla­nish manbasi rezonansli chastota o’lchagich bilan bog’la­na­di. Bu chastota o’lchagich yuqori sifatli o’lchash konturidan iborat bo’lib, rezonans in­di­katorini sozlash uchun aniq darajalash mexanizmiga ega. Chastotani o’lchash uchun kon­turni fx chastota bilan rezo­nansga indikator ko’rsatki­chining maksimal og’ishi bo’­yicha sozlash kerak, ya’ni chas­tota sano­g’ini sozlash mexa­nizmi shkalasi yoki jadval (grafik) bo’yicha olish kerak. O’lchash konturining konst­ruk­tsiyasi chasto­talar diapazoniga bog’liq: 50 kGs...200 MGs chastotalar diapazonida induktivlik g’altaklari va o’zgaruv­chan sig’imli kondensatorlardan iborat parametrlari to’plan­gan konturlar qo’llaniladi; bundan yuqori chastotalarda parametrlari taqsimlangan konturlardan, ya’ni koaksial liniyalar kesmalari yoki hajmiy rezanatorlardan foydala­niladi. Chastotani rezonans metodi bilan o’lchash radiotexni­ka­ning paydo bo’lishidan boshlab, keng qo’lla­nil­gan edi, biroq unda jiddiy kamchiliklar mavjudligi sababli diskret sanoq metodi tomonidan siqib chiqaril­moqda. Rezo­nans metodining kamchiliklari jumlasiga quyidagilar kiradi: o’lchanayotgan kattalik manbasi va chastota o’lchagich bog’lanishini tanlash zarurligi; sozlashni diqqat bilan bajarish zarurligi va 0,05...0,5 foizni tashkil etuvchi ancha katta xatolik borligi. Chastotani rezonans metodi bilan o’lchash xato­ligi chastota o’lchagich o’lchash konturining yaxshiligiga, indi­ka­torning sezgirligiga, o’lchash konturini sozlash mexa­­nizmi shkalasining darajalanishi aniqligiga va undan sanoqni olish aniqligiga, atrofdagi havoning xaroratiga hamda namligiga, chastota o’lchagichning o’lchanayotgan chastota manbasiga bog’lanish darajasiga bog’liq.
Rezonansli chastota o’lchagichlarning asosiy xarakteris­tikalari quyidagilar: o’lchanadigan chastotalar diapazoni, o’lchash xatoligi va sezgirlikdan iborat.
Chastota o’lchagichning sezgirligi deb uning tomonidan rezonans momenti sanog’ini ishonch bilan olish zarur bo’la­digan minimal yutiladigan (sarflanadigan) quvvatga ay­tiladi.
Rezonansli chastota o’lchagichlar, asosan, o’ta yuqori chastotalarni o’lchash uchun O’YuCh o’lchash generatorlarining ichiga joylashtirilgan bo’g’inlar sifatida yoki ko’chma asboblar sifatida ishlatiladi.
C hastota o’lchagichning o’lchanayotgan chastota manbasi bilan bog’lanishi uncha katta bo’lmagan shtirli yoki ruporli attenyuator, yoki halqa, zond, tirqish, yoki teshik shaklidagi aloqa elementlari orqali amalga oshiriladi. Bog’lanishni kamaytirish uchun chastota o’lchagich oldidan ko’pincha, susaytirishi odatda, 10 dB bo’lgan attenyuator ulanadi.
Rezonans indikatori sifatida detektor (germaniyli yoki kremniy­li nuqtaviy diod) va magnitoelektrik mikroampermetr qo’llaniladi. Sezgirlikni oshirish uchun o’zgarmas tok kuchay­tirgichlari, O’YuCh signalini impulsli modulyatsiya­lashda esa impulslarni kengaytiradigan integrallovchi kaskad, past chastota kuchaytirgichi va detektorli voltmetr yoki ostsillograf qo’llaniladi. O’YuCh ni rezonansli chastota o’lchagichlar o’lchanayotgan zanjirga ulanish usuli bo’yicha o’tishli va yutishli turlarga bo’linadi. O’tishli chastota o’lchagichning tebranish konturi ikkita aloqa elementi bilan ta’minlangan: energiyani uzatish liniyasidagi elektromagnit maydon bilan bog’lanish uchun kirish elementi va indikator bilan bog’lanish uchun chiqish elementi.
Rezonansga sozlanish momentini indikatorning maksimal ko’rsatishi bo’yicha aniq­lanadi (7.6-a rasm); agar chastota o’lchagich rezonansga sozlan­magan bo’lsa, ko’rsatishlar bo’lmaydi.
Yutuvchi chastota o’lchagichdan foydalanilganda detektorni O’YuCh tebranishlari manbasi va chastota o’lchagich rezonatori orasiga ulanadi. Detektor tokini o’lchaydigan asbobning ko’rsatishlari traktdagi quvvatga proportsionaldir. Chastota o’lchagich konturi liniya orqali o’tayotgan elektromagnit maydon chastotasiga hali sozlanmagan vaqtda indikator ko’rsa­tishlari maksimal bo’ladi; sozlanganida maydon ener­giyasining bir qismi yutiladi va indikator ko’rsatishlari kamayadi (7.6-b rasm). Chastota o’lchagichning bunday ulanish varianti afzalroqdir, chunki uning ishini uzluksiz kuza­tish imkonini beradi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish