Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet62/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

5.7.2. Quvvat o’lchagichlar tasnifi
Quvvat o’lchagichlar o’lchanayotgan kattalikning xarakteri bo’yicha uzluksiz yoki impulsli-modulyatsiyalangan signal­lar­ning o’rtacha quvvati o’lchagichlarga va impuls quvva­ti o’lchagichlarga bo’linadi. O’lchanayotgan quvvatning qiy­matlari darajasi bo’yicha kichik quvvatni (10 mVt gacha), o’rtacha quvvatni (10 mVt dan yuqori) va katta quvvatni (10 Vt dan yuqori) o’lchagichlarga bo’linadi. Quvvati o’lchanadigan liniya­larda energiya uzatilishi tipi bo’yicha vattmetrlarning qabul qiluvchi o’zgartgichlari koaksial va volnovodli o’zgart­gichlarga bo’linadi.
Quvvat o’lchagichlar ulanish xarakteri bo’yicha yutiladigan quv­vat o’lchagichlarga va o’tuvchi quvvat o’lchagichlarga bo’li­nadi.
Quvvat o’lchagichlarni foydalaniladigan fizik effekt bo’yicha uchta kategoriyaga bo’lish mumkin: issiqlik effekti­ga, mexanik effektga va elektron effektga asoslangan o’lchagichlar, issiqlik effektiga asoslangan asboblar, o’z navbatida, foydalanilgan elementlar turi bo’yicha tasnifla­nishi mumkin, buni quyiroqda ko’rib chiqamiz.
Quvvat o’lchagichlar uchun ushbu aniqlik klasslari belgi­langan: 1,0; 1,5; 2,5; 4,0; 6,0; 15,0; 25,0. Keng polosali va ko’p chegarali quvvat o’lchagichlar uchun turli chastotalar diapazonlari va turli o’lchash chegaralarida turli aniqlik klasslari belgilanishi mumkin.
5.7.3. Sanoat chastotali o’zgaruvchan tok va o’zgarmas tok
zanjirlarida quvvatni o’lchash
Quvvatning qiymatini bevosita baholash asbobi – elektro­dinamik vattmetr yordamida bevosita o’lchash bilan topiladi. Bunday vattmetrning ko’rsatishlari sanoat chasto­tali o’zgaruvchan va o’zgarmas toklarning ko’rsatishla­riga proportsionaldir. Vattmetrning qo’zg’almas g’altagini amper­metrga o’xshash yuklamaga ketma-ket, qo’zg’aluvchan g’altagini esa voltmetrga o’xshash parallel ulanadi (5.28-a rasm). Bunda sistematik va tasodifiy xatoliklar mavjud bo’ladi.
Sistematik xatolik vattmetr g’altaklari chulg’amlarining iste’mol quvvati sababli yuzaga keladi va ularning qarshi­liklari RA va RV ga hamda qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan g’altak­larning ulanish sxemalariga bog’liqdir (5.28-rasm). 5.28-a rasmdagi sxema uchun qo’zg’almas g’altak orqali o’tadigan tok yuklama toki Iyu ga, qo’zg’almas g’altak chulg’ami qarshiligida tushuvchi kuchlanish esa kirish kuchlanishi U = UV = UA + Uyu ga teng. Demak, o’lchanayotgan tok va kuchlanish ko’paytmasi, ya’ni o’lchanayotgan quvvat:
P = UIyu = UyuIyu = Pyu + PA, (5.36)
bu yerda Pyu va PA – yuklama va qo’zg’almas g’altak iste’mol qiladigan quvvatlar.











5.27-b rasmdagi sxema uchun qo’zg’almas g’altak chulg’ami orqali o’tadigan tok yuklama va qo’zg’aluvchan g’altak chulg’ami orqali o’tadigan toklar yig’indisiga teng:


IA Iyu + IV. (5.37)
Qo’zg’aluvchan g’altakda tushuvchi kuchlanish yuklamadagi kuchlanishga teng. Bunda iste’mol qilinayotgan quvvat:
P = UyuIA = UyuIyu + UyuIV = Pyu + PV, (5.38)
bu yerda PV – qo’zg’aluvchan g’altak chulg’amli iste’mol qila­digan quvvat.
5.27-a rasmdagi sxema uchun nisbiy muntazam (metodik) xatolik:
δ = 100PA/Pyu = 100RA/Ryu, (5.39)
bu yerda δ protsentlarda ifodalangan. 5.27-b rasmdagi sxema uchun:
δ = 100PV/Pyu = 100RV/Ryu. (5.40)
5.27-a rasmdagi sxemani RA << Ryu shartida, 5.27-b rasmdagi sxemani esa RV ≈Ryu shartida qo’llash lozim. Asbobiy xatolik vattmetrning aniqlik klassi bilan o’lcha­na­di. O’zgaruvchan tokning qiymatlari katta bo’lganida vatt­metr tok o’lchash transformatori orqali ulanadi, kuchla­nish ham yuqori bo’lganida esa kuchlanish o’lchash transforma­toridan foydalaniladi. Quvvatni o’lchash chegaralarini bunday usul bilan kengaytirishda xatoliklar o’lchash trans­for­matorlari fazaviy siljishlari va transformatsiyalash koeffitsientini aniqlashning noaniqligi hisobiga o’sadi.
O’zgaruvchan tokda asbob ko’rsatmalari aktiv qarshilikka proportsionaldir.
Sanoat chastotali o’zgaruvchan va o’zgarmas tok quvvatining qiymatini bilvosita metod bilan o’lchash mumkin. Buning uchun bevosita baholash asboblari – ampermetr va voltmetr yordamida tok va kuchlanish o’lchanadi hamda olingan qiymat­lar ko’paytiriladi. Quvvatni bunday o’lchash metodining xatoliklari tok va kuchlanishni bevosita o’lchash xatoliklari bilan aniqlanadi. Quvvatni bevosita va bilvosita o’lchash sxema­lari bir xildir, shu sababli sistematik xatoliklar uchun (5.39) va (5.40) ifodalar ikkala o’lchash turi uchun ham o’rin­lidir.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish