Bog'liq METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun
DO’ chastotaviy xarakteristikasining notekisligini kalibrlash chastotasi yoki standartlarda, yoki aniq tipdagi DO’ uchun TSh larga ko’rsatilgan chastotaga nisbatan DO’ ning nominal chastotalar diapazonida me’yorlash lozim. Agar DO’ me’yorlanayotgan diapazon chegaralarida bo’lgan ishchi chastotalar diapazonlariga ega bo’lgan turli kanallar va traktlar uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda me’yorlashni bu diapazonlarning har birida o’tkazish lozim.
Tanlovchi rejimda ishlaydigan asboblar kirishda o’lchanayotgan signallar halaqiti bilan bir vaqtda shu asbob bilan ishlashga mo’ljallangan kanal yoki trakt yuklamasiga ekvivalent bo’lgan shovqin darajasi mavjud bo’lganda va kanalda (traktda) mavjud hamda darajasi nazorat yoki o’lchash chastotasi darajasiga mos darajaga ega bo’lgan sinusoidal xalaqitni ham o’lchashga imkon berishi kerak.
Tanlovchi DO’ lar tanlash xossalarining xarakteristikalari me’yorlanadi. O’tkazish polosasi kengligi, Gs (kGs), 3 dB darajasida konkret tipdagi DO’ uchun standartlarda yoki TSh da ko’rsatilgan chegaralarda. Tanlovchanlik – o’rtacha sozlash chastotasiga nisbatan tegishli nosozliklarda so’nish qiymati ko’rinishida.
TCh kanali polosasida (3100 va 1740 Gts) vazniylanmagan shovqinni o’lchashga mos o’tkazish polosalari uchun tanlovchanlikni 1,7, 4,24 kGts va undan ortiq nosozliklarda me’yorlash lozim.
YuCh uzatish tizimlarining chastotalar spektrining bo’sh uchastkalarida aloqani uzmasdan o’lchashlar uchun foydalaniladigan o’tkazish polosalari uchun tanlovchanlikni xalaqit beradigan signallar: eltuvchi chastotalar qoldiqlarini, axborot signallarini, nazorat o’lchash signallarini va h.k. larni zaruriy so’ndirishini ta’minlaydigan nosozlanishlarda me’yorlash lozim.
O’tkazish polosasi chastotaviy xarakteristikasining notekisligini DO’ maksimal ko’rsatishiga nisbatan me’yorlanadi.
Nochiziqlilik so’nishini DO’ ning kirishiga me’yorlangan darajada beriladigan signal chastotasida va asosiy signal chastotasiga karrali chastotalarda ko’rsatishlari ayirmasining qiymati ko’rinishida me’yorlanadi. DO’ ning nochiziqli so’nishini DO’ kirishiga me’yorlangan darajali ikki yoki uch chastotali signal berilishi shartida kombinatsion tashkil etuvchilar bo’yicha me’yorlashga ruxsat etiladi.
Tanlovchi daraja o’lchagichlarda qo’shimcha spektral tashkil etuvchilarni (oraliq, ko’zguli, kombinatsion tashkil etuvchilarni) kirishga beriladigan signal chastotasidagi va oraliq, ko’zguli tashkil etuvchilar chastotasini yoki kombinatsion tashkil etuvchi chastotasiga mos chastotalardagi ko’rsatishlar ayirmasi ko’rinishida me’yorlanadi.
Xususiy shovqinlar darajasi ishchi chastotalar diapazonida, yoki kirishda signal bo’lmaganda DO’ ning ko’rsatishlari ko’rinishida, yoki strelkaning millimetrlar hisobida og’ishi ko’rinishida me’yorlangan.
Tanlash rejimida chastotaga sozlashning asosiy xatoligi chastotaning absolyut va nisbiy qiymatlarida ruxsat etiladigan qiymatlarning chegarasi bilan me’yorlanadi. Chastotaga sozlanishning qo’shimcha xatoliklari chastotaning absolyut yoki nisbiy qiymatlarida ta’minot kuchlanishi o’zgarganida ruxsat etiladigan xatolik chegarasi bilan yoki foydalanilayotgan ish sharoitlarida atrofdagi havo xaroratining o’zgarishida har 10°C ga ruxsat etiladigan chegara bilan me’yorlanadi.
Tanlash rejimida ko’rsatishlarning nostabilligi (noturg’unligi) foydalanishning me’yoriy sharoitlarida ushbu 5, 15, 30 minut, 1 soat qatordan tanlanadigan vaqt ichida ko’rsatishlar og’ishining chegarasi ko’rinishida me’yorlanadi.