DO’ ga qo’yiladigan texnik talablar. Daraja o’lchagichlar quyidagicha belgilanadi: keng polosali – IU-1, tanlovchi – IU-2 va universal – IU-3.
DO’ ning hisoblab belgilangan chastotalar diapazoni shu DO’ ni ishlatish mo’ljallangan kanal va traktlarning chastotalar diapazonlariga muvofiq bo’lishi lozim. Agar tegishli kanal va traktlarni sozlashda talab etilsa, chastotalar diapazonini nominal diapazondan kengaytirishga ruxsat etiladi. Kanallar va traktlarning chastotalar diapazonlari chastotasiga bog’liq bo’lsa, u holda metrologik xarakteristikalar ularning har biri uchun me’yorlanadi.
DO’ ni kuchlanish bo’yicha absolyut darajalarda detsibellarda (0,7746 V kuchlanishga nisbatan) ham, quvvat bo’yicha ham (1 mVt ga nisbatan) darajalashga ruxsat etiladi. Daraja o’lchagichlar yagona o’zaro muvofiqlashtirilgan aloqa tarmog’i kanallari va traktlarining boshqa parametrlarini o’lchash uchun ham hisoblab belgilanishi mumkin: nomuvofiqlik so’nishlari, nosimmetriya so’nishlari va h.k. Bir necha parametrlarni o’lchash uchun mo’ljallangan DO’ lar tegishli birliklarda darajalangan bir necha shkalalarga ega bo’lishi yoki qayta hisoblash jadvallariga ega bo’lishi lozim. Metrologik xarakteristikalar bu asboblar bilan ishlash uchun mo’ljallangan ulash shnurlarining ta’sirini hisobga olib me’yorlanadi. O’lchash shnurlari elastik kabeldan kamida 1,5 uzunlikda tayyorlanadi. Elektr ulagichlar DO’ larni ishlatish mo’ljallangan YuCh uzatish tizimlari apparaturasida qo’llaniladigan uyalarga mos bo’lishi kerak.
O’lchanayotgan signal darajasining raqamli DO’ larning o’lchash diapazoni chegaralaridan chetga chiqishida tegishli signalizatsiya ta’minlanishi lozim. Analogli DO’ lar uchun chegaralar pereklyuchatelining pog’onasi qiymati ushbu qatordan tanlanishi lozim: –0,01; 0,1; 1,5; 10 dB. Raqamli daraja o’lchagichlar uchun o’lchash chegaralari tashqi pereklyuchatelining pog’onasi qiymati 10 dB ga teng yoki undan katta va odatda 10 dB ga karrali bo’lishi lozim. Analogli DO’ lar shkalasining oxirgi qiymati +1 dB ga teng bo’lishi kerak. Analogli DO’ lar shkalasining boshlang’ich qiymati ushbu qatordan tanlanadi: –5, –10, –15, –20 dB. Daraja o’lchagichlarda nol belgisi o’rtada bo’lgan va oxirgi qiymatlari: ±0,5; ±1; ±1,5; ±2 dB qatordan tanlanadigan ikki tomonlama shkala qo’llanilishi mumkin. Raqamli daraja o’lchagichlar uchun indikatsiyaning kichik razryadi sanoq birligi 0,1 dB dan ortiq bo’lmasligi lozim.
DO’ ning asosiy xatoligi yoki uning tashkil etuvchilari GOST 23854-79 ga asosan konkret tipdagi DO’ uchun texnik shartlarda (TSh) ko’rsatilgan chastotalarda detsibellarda ruxsat etiladigan qiymatlar chegarasi bilan me’yorlanishi lozim. DO’ asosiy xatoligining tashkil etuvchilariga quyidagilar kiradi: kalibrlash xatoligi, o’lchash chegaralarini pog’onali rostlash xatoligi, analogli DO’ lar shkalasining raqamli belgilariga xos xatolik yoki raqamli DO’ lar ko’rsatishlariga bog’liq xatolik. Asosiy xatolikning qiymati ±0,2 dB dan ortiq bo’lganida uni tashkil etuvchilar ko’rinishida me’yorlanadi.
DO’ ning qo’shimcha xatoliklari ta’minot kuchlanishi o’zgarganida ruxsat etiladigan xatolik chegarasida detsibellarda va xonaning ish sharoitlarida atrofdagi havo xaroratining o’zgarishida har 10°C ga ruxsat etiladigan xatolikning chegarasi bilan detsibellarda me’yorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |