5.5. Voltmetrlar ko’rsatishlarining o’lchanayotgan signal
shakliga bog’liqligi
Voltmetrning juda muhim metrologik xarakteristikasi uning o’zgartirish funksiyasi (vazifasi), ya’ni chiqish signali axboriy parametrining uning kirish signalining axboriy parametriga bog’liqligidir.
Bu funksiyani analitik, grafik yoki jadval ko’rinishida tasvirlash mumkin. Shkalasi o’lchanayotgan kattalik birliklarida darajalangan har qanday asbobdagi kabi, voltmetr uchun o’zgartirish xarakteristikasi grafik nuqtai nazardan 45° burchak ostida o’lchanayotgan to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda asbob strelkasining og’ish burchagi kirish signalining nochiziqli funksiyasi bo’lishi mumkin. Faqat magnitoelektrik tizimli asboblar strelkaning og’ishi va aylantiruvchi moment yaratadigan tok orasida chiziqli bog’lanishga ega. Raqamli asboblar kvantlash protsedurasi munosabati tufayli pog’onali o’zgartirish funksiyasiga ega.
Ishlab chiqarish jarayonida strelkali voltmetrlar darajalash protsedurasidan o’tadi. Darajalash kattaligi namunali o’lchash asbobi (ishchi etalon) bo’yicha aniqlanadigan o’lchash signalini darajalanayotgan asbob kirishiga berish va tegishli belgilar hamda sonlarni shkalaga belgilashdan iboratdir. Darajalash jarayoni 5.15-rasmda tushuntiriladi. Bu sxemada bunday belgilangan: G – amplituda qiymati rostlanadigan signal generatori, o’rtacha kvadratik qiymatlar namunali voltmetri, darajalanadigan 1, 2 va 3 voltmetrlar. Pastki qatorda joylashgan voltmetr, namunali voltmetr kabi, o’rtacha kvadratik qiymatlar o’zgartgichiga ega bo’lganligi uchun ularning ko’rsatishlari ustma-ust tushadi. Masalan, agar namunali voltmetr 100 V ni ko’rsatayotgan bo’lsa, u holda 100 V ni darajalanayotgan voltmetr shkalasining strelka to’xtagan belgisi ustiga yozish lozim. Umuman namunali va darajalanayotgan asboblar shkalalari turli o’lchamli va bo’limlari soni turlicha bo’lishi mumkin, biroq mazkur holda ko’rsatishlar bir xil bo’lishi lozim.
Cho’qqi qiymat o’zgartgichi mavjud bo’lgan yuqoridagi asbobni darajalashda ish boshqacha bo’ladi. (5.4)dan kelib chiqadiki, sinusoidal signal uchun Um = KaU bo’lib, bu yerda Ka – amplituda koeffitsienti, u sinusoidal kuchlanish uchun 1,41 ga teng. Asbobni cho’qqi qiymatlarda darajalayotganimizda, namunali voltmetr ko’rsatishlarini 1,41 ga ko’paytirishimiz va namunali voltmetr 100 V ni ko’rsatganida strelka to’xtagan bo’lim oldiga 141 V ni yozishimiz lozim. Shunday qilib, cho’qqili qiymat voltmetrining darajalash koeffitsienti S1 bo’lib, 1,41 ga teng amplituda koeffitsienti xizmat qiladi.
O’rtacha to’g’rilangan qiymat voltmetri uchun darajalash koeffitsienti S2 ni (5.5) formuladan aniqlash mumkin. Formuladan Uo’rt.to’g’.=U/Ksh kelib chiqadi. Sinusoidal signal uchun shakl koeffitsienti 1,11 ga teng bo’lganligi sababli darajalash koeffitsienti S2 = l/1,11 = 0,9 bo’ladi. SHkalaning mos belgisi oldida 90 V ni yozish kerak. Uchchala asbob shkalalarining qolgan nuqtalari ham shu kabi darajalanadi.
Garchi asboblar sinusoidal signalda darajalangan bo’lsa ham, ular nosinusoidal signallar kuchlanishlarini o’lchash uchun ham yaroqlidir. SHuni qayd etish kerakki, cho’qqili voltmetrda o’zgarmas tashkil etuvchilari bor signallarni o’lchashning ba’zi xususiyatlari mavjud bo’lib, buni quyida ko’rib chiqamiz.
5.15-rasmdan va berilgan tushuntirishdan kelib chiqadiki, amaliyotda uchchala voltmetrga albatta ega bo’lish shart emas. Kuchlanishni ulardan istalgan biri bilan o’lchash etarlidir, qolgan ikkita qiymatni esa mos ravishda 1,41 va 1,11 ga teng bo’lgan amplituda va shakl koeffitsientlari yordamida hisoblash mumkin. Biroq nosinusoidal kuchlanish o’lchanayotganda hisoblashlar murakkablashadi. Bu holda o’lchanayotgan signalning amplituda va shakl koeffitsientlarini bilish zarur bo’ladi. Agar bu biror standart shakldagi (masalan, uchburchakli shakldagi) signal bo’lsa, u holda amplituda va shakl koeffitsientlari (5.2) va (5.3) formulalar yordamida hisoblanishi mumkin. Agar signal shakli etarlicha murakkab bo’lib, integrallarni hisoblash sermehnat bo’lsa, yaxshisi talab etilayotgan voltmetrni topish va bevosita o’lchashni o’tkazish kerak.
O’lchanayotgan nosinusoidal signalning amplituda va shakl koeffitsientlari ma’lum bo’lgan holda hisoblash algoritmini ko’rib chiqamiz.
1. Amplituda koeffitsienti va shakl koeffitsienti bo’lgan nosinusoidal signalning cho’qqi qiymati o’lchangan deylik. Bu yerda shtrix belgisi nosinusoidal signal haqida gap borayotganligini anglatadi. Sinusoidal signalning amplituda va shakl koeffitsientlarini ilgarigidek shtrix belgisisiz belgilaymiz.
Agar cho’qqili voltmetrning ko’rsatishi Am bo’lsa, u holda (5.4) va (5.5) formulalarga muvofiq,
ga ega bo’lamiz. O’rtacha to’g’rilangan qiymatni aniqlashda (5.5) ifodaga asosan ga ega bo’lamiz, endi aniqlangan o’rta kvadratik qiymatni qo’yib, quyidagini hosil qilamiz:
2. O’sha signal kuchlanishining o’rtacha kvadratik qiymati o’lchandi, deb faraz qilaylik. O’rtacha kvadratik qiymatli voltmetr shkalasidagi ko’rsatish A. (9.4) va (5.5) formulalarga muvofiq ravishda
va
ga ega bo’lamiz.
3. Aytaylik, o’sha signalning o’rtacha to’g’rilangan qiymati o’lchangan bo’lsin. O’rtacha to’g’rilangan qiymatni voltmetr shkalasidagi ko’rsatish Ao’rt.to’g’. (5.4) va (5.5) formulaga asosan:
va .
Keltirilgan misollardan ravshanki, uchchala tipdagi voltmetrlardan kuchlanishning shaklidan qat’iy nazar, uning cho’qqi, o’rtacha kvadratik va o’rtacha to’g’rilangan qiymatlarini o’lchash uchun foydalanish mumkin. Agar o’lchashlar bilvosita, ya’ni bir tipdagi voltmetr mavjud bo’lib, lekin kuchlanishning qolgan ikkita parametrini aniqlash zarur bo’lsa, u holda asbob ko’rsatishlarini sinusoidal va nosinusoidal signallar uchun amplituda hamda shakl koeffitsientlari asosida qayta hisoblash amalga oshiriladi.
Bilvosita o’lchashlarni o’tkazishda amplituda va shakl koeffitsientlari yordamida hisob-kitob o’tkazish metodikasi bayonining yakunida yana bir hisoblash variantini ko’rib chiqamiz. Bu voltmetrda o’zgartgich tipi va shkala tipi bir-biridan farq qiladigan holdir. Bu hollar ko’p uchraydi. O’zgaruvchan kuchlanishni bir parametri bo’yicha o’zgarmas kuchlanishga o’zgartgichlardan foydalanishga, shkalani esa boshqacha darajalashga majbur qiluvchi sabablar quyidagilardan iborat:
1. Sodda asboblarda (masalan, testorlarda) shkalani kuchlanishning o’rtacha kvadratik qiymatlarida darajalash maqsadga muvofiqdir, chunki bu parametr energetikada keng qo’llaniladi. Tarmoqdagi kuchlanishni o’lchayotganimizda biz 220 V natijani olishni kutamiz, chunki 220 V o’rtacha kvadratik qiymatga, energetiklar aytishlaricha, effektiv qiymatga mos keladi. Eng sodda asbobga katta sondagi detallardan iborat o’rtacha kvadratik qiymatlar o’zgartgichini joylashtirish (5.11rasm) maqsadga muvofiq emas. 5.13-rasmda ko’rsatilgan to’g’rilagich ko’prikni qo’yish ancha qulayroqdir.
2. Universal strelkali voltmetrlarda odatda, bitta magnitoelektrik asbob bo’lib, etarlicha uzun strelkasi esa bir necha shkalalarni kesib o’tadi. Masalan, bir shkala asbob kirishiga beriladigan o’zgarmas kuchlanish kattaligini indikatsiya qilish uchun, boshqasi esa o’zgaruvchan kuchlanishning o’rtacha kvadratik qiymatini yoki o’rtacha to’g’rilangan qiymatini indikatsiyalash uchun xizmat qiladi. Bitta asbobda bir nechta o’zgartgichlarni joylashtirish maqsadga muvofiq emas.
Sanab o’tilgan hollarda shkalani sinusoidal signal yordamida darajalashda amplituda va shakl koeffitsientlaridan foydalaniladi. Agar, masalan, cho’qqi qiymatli o’zgartgich qo’llanilgan bo’lib, shkala esa o’rtacha kvadratik qiymatlarda darajalanadigan bo’lsa, u holda darajalash koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi. Tarmoq kuchlanishi 220 V ni o’zgartirishda cho’qqi qiymatli o’zgartgich chiqishida o’zgarmas kuchlanish V ni tashkil etgan, chunki sinusoidal kuchlanishning cho’qqi (amplitudaviy) qiymati uning o’rtacha kvadratik qiymatidan marta ortiq. Darajalashda bu kattalik darajalash koeffitsienti S = 1/ ga ko’paytiriladi va 220 V shkalaning tegishli belgisi oldiga yoziladi. «Osonroq bajarishning iloji yo’qmi? O’zgartgich kirishiga signalni berish, uni o’rtacha kvadratik qiymatli namunali voltmetr bilan o’lchash va olingan raqamni darajalanayotgan asbob shkalasiga yozib qo’yilsa-chi, bunda darajalash koeffitsientining qiymati haqida o’ylashning mutlaqo keragi bo’lmasmidi?» degan savol tug’ilishi mumkin Lekin ahvol bunday emas. Agar nosinusoidal signalni o’lchash o’tkazilayotgan bo’lsa, darajalash koeffitsientini bilish zarur.
Nosinusoidal shakldagi parametrlarning haqiqiy qiymatlarini hisoblash bu holda quyidagicha bajariladi. Dastlab voltmetrning pasportidagi ma’lumotlar bo’yicha o’zgartgich tipi va shkala tipi aniqlanadi. Ular mos bo’lmasa, u holda darajalash koeffitsienti hisoblanadi. Buning uchun sinusoidal signalning amplituda va shakl koeffitsientlaridan foydalaniladi, chunki asboblarning darajalanishi sinusoidal signallarda bajariladi. Bu holda darajalash koeffitsienti S=1/ . Darajalash koeffitsienti yordamida magnitoelektrik asbob ko’rsatishlari uning kirishiga yoki shuning o’zi, o’zgartgich chiqishiga keltiriladi. Agar biz darajalashda o’zgartgich chiqishidagi o’zgarmas kuchlanish qiymatini C ga ko’paytirgan bo’lsak, endi teskari o’zgartirishda bo’lish operatsiyasini bajarishimiz lozim. O’zgartgich chiqishidagi topilgan qiymat voltmetr kirishidagi signalning o’zgartirishni amalga oshirilayotgan parametri qiymatiga, shu bilan birga, signal shakliga bog’liq bo’lmagan holda mos keladi. Bu yuqorida keltirilgan fikrlarning bosh natijasidir. O’zgartgich signallarni o’z algoritmi bo’yicha, signal shakliga bog’liqmas ravishda, o’zgartiradi.
Endi kuchlanishning o’rtacha kvadratik qiymatlariga darajalangan va cho’qqi qiymat o’zgartgichiga ega bo’lgan voltmetr bilan kuchlanishni o’lchashning yuqorida qaralgan masalasiga qaytamiz. Aytaylik, asbobning ko’rsatishi A bo’lsin. O’zgartgich chiqishidagi Uo kuchlanish bo’ladi. bo’lganligi uchun Uo = Ka·A ni yozish mumkin. Topilgan kattalik voltmetr kirishidagi istalgan shakldagi signalning cho’qqi qiymatiga mos keladi, ya’ni Uo = Um. SHunday qilib, nosinusoidal signalning parametrlaridan biri aniqlanadi. Qolgan parametrlarni o’lchanayotgan signalning amplituda va shakl koeffitsientlaridan (agar ular ma’lum bo’lsa, albatta) oson aniqlash mumkin. CHunonchi kuchlanishning o’rtacha kvadratik qiymati uchun quyidagiga ega bo’lamiz:
.
O’rtacha to’g’rilangan qiymatni shakl koeffitsienti orqali aniqlaymiz:
Endi bo’lganligi uchun:
Keltirilgan misollardan ko’rinadiki, nosinusoidal signallar kuchlanishlarini o’lchash bilan bog’liq bilvosita o’lchashlar to’liq amalga oshirilishi mumkin, biroq hisoblashlar, ayniqsa, amplituda va shakl koeffitsientlari ma’lum bo’lmasa, ancha sermehnat bo’lishi mumkin. Shuning uchun ularni yaxshisi chetlab o’tish kerak. Biroq nosinusoidal signallar kuchlanishini o’lchashdan oldin, xatoliklarga yo’l qo’ymaslik maqsadida, tanlangan asbobda qo’llanilgan o’zgartgich tipini va u shkala tipiga mos kelish-kelmasligini aniqlab olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |