Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet86/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

δd = ±1/N = ±T0/∆tx .
Odatda, hozirda tarqalgan asboblar uchun f = 10 MGs va To = 100 ns. Chastotali o’lchashdagi kabi, vaqt nishonini o’lchanayotgan intervalning boshlanishi bilan sinxronlash­tirib, diskretlik xatoligini kamaytirish mumkin, u holda δd = To/Tx, ya’ni formulaga ± o’rniga + kiradi va diskretlik xatoligi 2 marta kamayadi. Bu holda diskretlik xatoligi musbat bo’lganligi sababli, vaqt nishonini o’lchanayotgan in­ter­val boshlanishiga nisbatan T0 davrning yarmiga surish yo’li bilan bu xatolikning maksimal qiymatini yana ikki marta qisqartirish mumkin, ya’ni δTo/2Tx.
Etarlicha katta vaqt intervallarini o’lchashda diskretlik xatoligi juda kichik va tayanch generator chastotasining nostabilligi orqali yuzaga keladigan xatolikka taqqoslana­digan bo’lishi mumkin. Mana shuning uchun ham past chasto­tali signallarning kelish chastotalarini o’lchashda chastotani emas, balki davrni o’lchash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Nihoyat, qaralayotgan asbob xatoligining uchinchi va eng muhim tashkil etuvchisi o’lchanayotgan interval Tx ni aniq­lay­digan impulsni shakllantirishda yuzaga keladi. Shakllan­­tirgichlarda, odatda, Shmitt triggeri tipidagi bo’sag’a quril­ma­laridan foydalaniladi, ular esa ishga tushish bo’sag’asi­ning ma’lum stabilligiga ega. Bundan tashqari, o’lchanayotgan signalda fluktatsion shovqin va boshqa xarakterdagi xala­qitlar bo’lishi mumkin. Bularning hammasi shakllanayotgan signal davomiyligining tasodifiy o’zgarishiga va mos ravishda, o’lchash xatoligining ishga tushirish darajasi xato­ligi deb ataladigan tashkil etuvchisi δit ning paydo bo’li­shiga olib keladi. Bu xatolikning qiymati, tabiiyki, tah­lil qilinayotgan signal ukir(t) ning shakliga, birinchi nav­batda, uning shakllantiruvchi qurilmaning ishga tushish zona­sida o’zgarishi S – dUkir(t)/dt ning tikligiga bog’liq bo’ladi. Kirish signalida Um qulochli shovqinning mavjud­ligi tufayli shakllantiruvchi bo’sag’a qurilmasining ishga tushish vaqtining maksimal tarqoqligi ∆t ≈ Um/s ifoda bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, tik frontli impulslar davrini va davo­miy­li­gini o’lchashda ishga tushirish darajasining xatoligi muhim darajada namoyon bo’lmaydi. Shu sababli frontining davomiyligi vaqt nishonlari davrining yarmidan katta bo’lmagan impuls shaklidagi kirish signali uchun vaqt in­ter­valini raqamli o’lchagich natijaviy (jami) xatoligini me’yorlashda faqat tayanch generator xatoligi va diskretlik xatoligini hisobga olinadi:
.
Tadqiq etilayotgan signal frontlarining davomiyligi vaqt nishonlari davrining yarmidan ortiq bo’lganida ishga tushirish darajasining nostabilligi tufayli xatolik
δi.t. ≤ (∆tf + ∆tk )/∆tx
bo’ladi, bu yerda ∆tf va ∆tk – sanoqning boshi hamda oxirini aniq­laydigan impulslar fronti, shuningdek, kesilishining davo­miy­ligi Uc amplitudali signal bo’lganida ishga tushirish darajasining nisbiy xatoligi δi.t. = ±∆t/∆tx = ±UmUs bo’la­di, davrni aniqlashdagi natijaviy xatolik esa
(7.4)
bo’ladi.
Signalga qo’shilib ketgan shovqinlar mavjud bo’lganida ishga tushirish darajasining nisbiy xatoligi

bilan aniqlanadi, bu yerda Ush – shovqinning cho’qqi qiy­mati, Uc – signalning maksimal qiymati. δi.t. ning Uc/Ush nisbatga bog’liq ravishdagi qiymatlari 7.1-jadvalda detsi­bel hisobida berilgan:
7.1-javdal

Uc/Ush , dB

20

40

60

δi.t.

3·10–2

3·10–3

3·10–4


Agar o’lchanayotgan vaqt intervali takrorlanuvchi signal­lar bilan bog’langan bo’lsa, u holda diskretlik va ishga tushirish xatoliklarini davrni o’rtalash metodi bilan o’lchashda ancha kamaytirish mumkin, bu metodda tadqiq qili­nayotgan signal kirishdagi shakllantiruvchi qurilmadan ke­yin dekadali bo’lgichlar zanjiriga beriladi, bular esa chasto­taning takrorlanishini n = 10k marta pasaytiradi, bu yerda – koeffitsient 1 dan 5 gacha chegaralarda tanlanadi. So’ngra bu signal selektorga beriladi va elektron schyotchik tadqiq qilinayotgan signalning n ta davriga to’g’ri keladigan etalon vaqt nishonlarini qayd etadi.
Raqamli indikatorning ko’rsatishlari o’lchanayotgan davrga mos bo’lishi uchun raqamli o’lchash asbobi vergulini chap tomonga k tartibga surishdan foydalaniladi – sanoq natijasini 10k marta bo’lish shunday amalga oshiriladi. Xatolikni ko’p karra o’lchashlar va o’lchash natijalarining o’rtacha qiymatini topish yo’li bilan kamaytirish mumkin.
Sinusoidal signal davrini o’lchashning nisbiy xato­ligi n ta o’lchash natijalarining o’rtacha qiymatini topil­ganida
(7.5)
ifoda bilan aniqlanadi.
O’rtachalashtirish metodi davomiyligi etalon vaqt ni­shonlari davri bilan qiyoslanadigan etarlicha kichik takror­lanuvchi (davriy bo’lishi shart emas) vaqt intervallarini o’lchash aniqligini oshirish uchun ham qo’llanilishi mumkin. Bunda selektor kirishiga, odatdagi bevosita sanoq metodi­dagi kabi, tadqiq qilinayotgan signal va etalon impulslar beriladi, biroq schyotchik biror, tegishli qayta hisoblash sxemasi yordamida berilgan sondagi etalon impulslarni sanash rejimida ishlaydi. Odatda n = 10k, bunda k = 1...5 bo’ladi. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, bu holatda o’lchash vaqti o’lchanayotgan signal davridan 10k marta ortiq bo’ladi. Qisqa takrorlanuvchi impulslarni o’lchashning nisbiy xatoligi o’rtachalashtirish metodini qo’llanilganda
(7.6)
ifoda bilan aniqlanadi, bu yerda n – sanoq vaqtida o’rta­chalanadigan vaqt intervallari soni.
Shuni yodda tutish muhimki, agar signallar takrorlansa va takrorlanish chastotasi tayanch generator chastotasi bilan sinxronlashtirilmagan bo’lsa, o’rtachalashtirish metodini qo’llash mumkin.
Shunday asboblar mavjudki, ularda o’rtalashtirish metodi diskretlik xatoligini bir karrali intervallarni o’lchashda 100 ns dan, davriy vaqt intervallarini o’lchashda 10 ns gacha pasaytirish imkonini beradi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish