O’lchash to’g’riligi – sistematik xatolikning nolga yaqinligini aks ettiruvchi o’lchash sifati (ya’ni biror kattalikni qaytadan o’lchashda o’zgarmas yoki qonuniyat bo’yicha o’zgaradigan xatoliklar).
O’lchash to’g’riligi o’lchash eksperimentini olib borishda o’lchash vositasining texnik holatiga bog’liq.
O’lchash ishonchliligi – o’lchash natijalariga ishonch darajasi. O’lchash natijalarining haqiqiy qiymatdan og’ishining ehtimolli xarakteristikalari ma’lum bo’lgan o’lchashlar ishonchli o’lchashlar kategoriyasiga mansubdir.
O’lchashlar o’xshashligi – bitta o’lchash vositasi, bitta o’lchash usuli bilan, bir xil sharoitda takror bajarilgan, o’lchash natijalarining bir-biriga yaqinligini aks ettiruvchi o’lchash sifati.
O’lchash natijalarining yaqinlashuvi – bir xil sharoitda bajariladigan o’lchash natijalarining bir-biriga yaqinligini aks ettiruvchi o’lchash sifati.
O’lchash natijalarining qaytariluvchanligi – turli sharoitlarda (turli vaqtda, turli joylarda, turli uslub va vositalar bilan) bajariladigan o’lchash natijalarining bir-biriga yaqinligini aks ettiruvchi o’lchash sifati.
1.4. Fizik kattaliklar va birliklar
Texnika va tabiatda hamda atrofimizda sodir bo’layotgan hodisalar va ob’ektlarning holati miqdor jihatdan fizik kattaliklar bilan xarakterlanadi.
Fizik kattaliklar deb, fizik hodisalarni, materiyaning harakat shakllari va xususiyatlarini miqdoriy xarakterlovchi kattaliklarga aytiladi.
Fan va texnikaning rivojlanishi, xalqaro miqyosda ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy aloqalarning o’sishi, o’lchashlar birliklarini bir xillashtirish zarurligiga olib keldi. O’lchashlarning turli sohalarini qamrab olgan va amaliy jihatdan qulay fizik kattaliklar birliklari umumiy tizimi talab qilinardi. O’lchov va tarozilar xalqaro qo’mitasi tarkibidan umumiy Xalqaro birliklar sistemasini ishlab chiqadigan komissiya ajralib chiqdi. Bu komissiya tomonidan Xalqaro birliklar sistemasi loyihasi ishlab chiqilgan hamda o’lchovlar va tarozilar XI Bosh konferentsiyasida tasdiqlangan. Qabul qilingan sistema Xalqaro birliklar sistemasi deb nomlangan, qisqacha SI (SI) (ya’ni, SI – Systeme International frantsuzcha nomlanishining bosh harflari).
Xalqaro birliklar sistemasi fan va texnikaning barcha sohalari uchun fizik kattaliklarning universal sistemasi bo’lib, u 1960 yilning oktyabr oyida o’lchov va tarozilar XI Bosh konferentsiyasida qabul qilingan. Bu konferentsiyaning qaroriga binoan Xalqaro birliklar sistemasida ettita asosiy, ikkita qo’shimcha birlik hamda juda ko’p hosilaviy kattaliklar va ularga mos birliklar qabul qilingan.
Olimlar nomi bilan ataladigan birliklarning qisqartirilgan nomlarini bosh harflar bilan yozish qabul qilingan.
Hozirda elektr radio o’lchovlarda ko’p ishlatiladigan birliklar 1.1-jadvalda keltirilgan.
SI sistemasida asosiy birliklar sifatida quyidagilar qabul qilingan: metr – uzunlik birligi, kilogramm – massa birligi, kelvin – xarorat birligi, kandela – yorug’lik kuchi birligi, amper – tok kuchi birligi, sekund – vaqt birligi, mol – modda miqdori. Qolgan birliklar hosilaviy birliklar hisoblanadi.
Qonunlashtirilgan birliklar kattaligining natijasi ifodalanishi uchun ularning kattaligini yoki saqlanishini, yoki joyida tiklanishi, yoki saqlanish joyidan, yoki tiklanish joyidan qandaydir uzatilishi zarur. Shunga bog’liq holda, fizik kattaliklar birliklarini markazlashgan va markazlashmagan tiklash amalga oshiriladi.
Birinchi holda u etalon deb nomlangan texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi va o’lchash birligini uzatish uchun namunali o’lchash vositalari ishlatiladi. Ikkinchi holda hosilaviy fizik kattalik birligi (masalan, maydon) asosiy fizik kattaliklari birliklari orqali joyida tiklanadi. Oxirgilari markazlashgan holda ta’rifiga mos ravishda saqlanadi va tiklanadi.
1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |