WORD dasturi juda ko`p imkoniyatga ega. Foydalanuvchilar, odatda, uning faqat asosiy imkoniyatlaridan foydalanadilar. WORD 7.0 ko`p funksiyali muharrir bo`lib u WINDOWS 95 muhitida ishlaydi. Ushbu muharrir ko`pgina imkoniyatlarga egaligi va qulayligi tufayli foydalanuvchilarning keng doirasini o`ziga jalb etdi. Bu muharrir yordamida Siz yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo`yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo`natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko`zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |