Hujjatga jadval o`rnatish Matnni ustunlarga yozishda tabulyator o`rniga jadvaldan foydalanish mumkin. Shu bilan birga jadvallar matnni ustunlar ko`rinishida tasvirlash yoki matnni grafiklar yoniga joylashtirish qulayliklar tug`diradi. Jadval – ustun va satrlarda joylashgan katakchalardan iborat, bu katakchalarni matn va grafiklar bilan to`ldirish mumkin. Katakchalar matnning hajmiga mos ravishda vertikal kengayib boradi.Siz yangi jadval tashkil qilib, uning bo`sh katakchalarini to`ldirishingiz, bu jadvalga yangi satrlar va ustunlar kiritish, ortiqcha katakcha, satr yoki ustunlarni olib tashlash, ustunlar kengligini o`zgartirish, matnni tartiblash, chegaralar va shtrixovkalar qo`shish bilan o`zgartirish kiritishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |