Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Davlat va huquq-

ning kelib chiqi-

shi haqidagi 

nazariyalarning 

plyuralligi

4-§.


53

II bob.

 Davlat va huquqning

vujudga kеlishi

Davlat va huquqning kelib chiqishi jarayonlarini izohlovchi, tushuntiruvchi 

xilma-xil nazariyalar yaratilgan. Bunda mualliflar davlatning kelib chiqish 

sababini, manbayini xudolardan, insonlar irodasidan, tabiiy va biologik hodisa-

lardan izlaydilar. Shunday nazariyalarning ba’zi mashhur, e’tiborga molik tur-

lariga to‘xtalib o‘tamiz.



Diniy (teologik) nazariya. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqi-

dagi ushbu nazariyaning asoschilaridan biri o‘rta asr sxolastikasining yirik 

namoyondasi Foma Akvinskiy edi. Keyinchalik bu neotomistik nazariyani 

 

J. Mariten, F. Lebyuff, D. Eyve, Kost-Flore va boshqalar davom ettirdilar.



Sharq mutafakkirlaridan Al-Mavardi (X–XI asrlar), Ibn Rushd 

(1126-1198), Ibn Xaldun (1332-1406) va boshqalar ham teologik nazariya 

tarafdorlari bo‘lganlar.

Teologiya – Xudo haqidagi ta’limotdir. Bu ta’limotga ko‘ra barcha narsaning, 

shuningdek davlat va huquqning ibtidosi xudo demakdir. Nazariyotchilar dav-

lat va huquq xudoning amri-irodasi bilan paydo bo‘lgan, ularning yaratilishini 

insonlarning ruhiyatiga «taqdiri azal»ning o‘zi jo etgan deb da’vo qiladilar. Bu 

bilan davlat va huquq muqaddaslashtiriladi. Davlat va huquqning ilohiylashtirili-

shi hamda daxlsizlashtirilishi hamda ekspluatatorlarning, shu jumladan, bur-

juaziyaning manfaatlariga mos tushadi. Davlat hokimiyati hamisha mavjud 

bo‘lgan va hamisha mavjud bo‘ladi, uning irodasiga so‘zsiz itoat etish, lozim 

deb targ‘ib qilinadi.

Qadimgi Misr mifologiyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati azaldan odamlar 

orasida yashagan xudolarga, keyinchalik fir’avnlarga tegishli hisoblangan. 

Masalan, Ma-at ma’budasi qonunlar, odil sudlov, adolat timsoli deb qaralgan.

Qadimgi Bobilda mashhur bo‘lgan Xammurapi qonunlarida xudolar 

«qoraboshlilar» ustidan hukmdorlik qilish uchun Xammurapini tanlaganligini 

uqtiriladi. Ushbu manbada quyidagi satrlar bor: Anunnaklar

1

 podshosi baland 



Anum

2

 hamda osmon va yer hukmdori, mamlakat taqdirini belgilovchi Ellil 



Eaning birinchi o‘g‘li Marduqqa barcha insonlar ustidan hukmronlikni belgi-

laganida, uni igiglar orasida buyuk qildilar. Bobilni uning buyuk nomi bilan 

atadilar, dunyo qismlari orasida uni qudratli qildilar va unda boqiy podsholikni 

tasdiqladilar, uning asosini yer va osmon kabi mustahkam qildilar. Shunda 

meni – g‘amxo‘r hukmdorni, xudodan qo‘rquvchi Xammurapini mamlakatda 

adolat nur sochishi uchun, jinoyatchilik va yovuzlikni yo‘qotish uchun, kuchli 

zaifni ezmasligi uchun, Shamash singari qora boshlilar ustidan ko‘tarilish va 

Аnunnaklar – barcha хudolarni anglatuvchi so‘z, ayrim hollarda yer va yer osti хudolarini anglatadi.



Аnum – osmon хudosi, хudolar «otasi» va boshlig‘i, shumer-akkad panteonining maqom jihatidan 

oliy хudosi.




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish