53
II bob.
Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
Davlat va huquqning kelib chiqishi jarayonlarini izohlovchi, tushuntiruvchi
xilma-xil nazariyalar yaratilgan. Bunda mualliflar davlatning kelib chiqish
sababini, manbayini xudolardan, insonlar irodasidan, tabiiy va biologik hodisa-
lardan izlaydilar. Shunday nazariyalarning ba’zi mashhur, e’tiborga molik tur-
lariga to‘xtalib o‘tamiz.
Diniy (teologik) nazariya. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqi-
dagi ushbu nazariyaning asoschilaridan biri o‘rta asr sxolastikasining yirik
namoyondasi Foma Akvinskiy edi. Keyinchalik bu neotomistik nazariyani
J. Mariten, F. Lebyuff, D. Eyve, Kost-Flore va boshqalar davom ettirdilar.
Sharq mutafakkirlaridan Al-Mavardi (X–XI asrlar), Ibn Rushd
(1126-1198), Ibn Xaldun (1332-1406) va boshqalar ham teologik nazariya
tarafdorlari bo‘lganlar.
Teologiya – Xudo haqidagi ta’limotdir. Bu ta’limotga ko‘ra barcha narsaning,
shuningdek davlat va huquqning ibtidosi xudo demakdir. Nazariyotchilar dav-
lat va huquq xudoning amri-irodasi bilan paydo bo‘lgan, ularning yaratilishini
insonlarning ruhiyatiga «taqdiri azal»ning o‘zi jo etgan deb da’vo qiladilar. Bu
bilan davlat va huquq muqaddaslashtiriladi. Davlat va huquqning ilohiylashtirili-
shi hamda daxlsizlashtirilishi hamda ekspluatatorlarning, shu jumladan, bur-
juaziyaning manfaatlariga mos tushadi. Davlat hokimiyati hamisha mavjud
bo‘lgan va hamisha mavjud bo‘ladi, uning irodasiga so‘zsiz itoat etish, lozim
deb targ‘ib qilinadi.
Qadimgi Misr mifologiyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati azaldan odamlar
orasida yashagan xudolarga, keyinchalik fir’avnlarga tegishli hisoblangan.
Masalan, Ma-at ma’budasi qonunlar, odil sudlov, adolat timsoli deb qaralgan.
Qadimgi Bobilda mashhur bo‘lgan Xammurapi qonunlarida xudolar
«qoraboshlilar» ustidan hukmdorlik qilish uchun Xammurapini tanlaganligini
uqtiriladi. Ushbu manbada quyidagi satrlar bor: Anunnaklar
1
podshosi baland
Anum
2
hamda osmon va yer hukmdori, mamlakat taqdirini belgilovchi Ellil
Eaning birinchi o‘g‘li Marduqqa barcha insonlar ustidan hukmronlikni belgi-
laganida, uni igiglar orasida buyuk qildilar. Bobilni uning buyuk nomi bilan
atadilar, dunyo qismlari orasida uni qudratli qildilar va unda boqiy podsholikni
tasdiqladilar, uning asosini yer va osmon kabi mustahkam qildilar. Shunda
meni – g‘amxo‘r hukmdorni, xudodan qo‘rquvchi Xammurapini mamlakatda
adolat nur sochishi uchun, jinoyatchilik va yovuzlikni yo‘qotish uchun, kuchli
zaifni ezmasligi uchun, Shamash singari qora boshlilar ustidan ko‘tarilish va
1
Аnunnaklar – barcha хudolarni anglatuvchi so‘z, ayrim hollarda yer va yer osti хudolarini anglatadi.
2
Аnum – osmon хudosi, хudolar «otasi» va boshlig‘i, shumer-akkad panteonining maqom jihatidan
oliy хudosi.