52
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
davri – miloddan avval 27-yildan milodning 476-yiligacha. Xuddi shu yili Rim
davlati germanlar (frank) qabilalari tomonidan bosib olingan.
Qadimgi german qabilalarida davlat o‘zining yemirilish pallasiga kir-
gan Rim imperiyasining ulkan hududlarini bosib olish, istilo qilishdan so‘ng
uni boshqarish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Germanlardagi o‘sha davrdagi
urug‘chilik tuzumiga xos hokimiyat organlari Rimni boshqarishga moslash-
magan edi. Bu holda ommaviy hokimiyatning boshqacha tuzilmasi, tashki-
loti zarur edi. Ya’ni, zabt etilgan jamiyat ustidan turadigan va keng qamrovli
boshqaruv apparatidan iborat davlat kerak edi.
Yana bir muhim masalaga e’tibor qaratish lozim. Agar Afina va Rim –
quldorchilik tipidagi davlatlar bo‘lgan bo‘lsa, Germanlar davlati – feodal tip-
dagi davlat bo‘ldi. Sababi quldorchilik tuzumi Rimda o‘z umrini o‘tab bo‘lgan
edi. U yerda feodal ishlab chiqarish munosabatlari kurtak ota boshlagan edi.
Bu jamiyatni endi eskicha qulchilikka asoslangan tuzilmalar bilan boshqarib
bo‘lmasdi.
Jamiyatni boshqarishning ibtidoiy tash-
kil etilishi tartibi barham topib, uning o‘rnini
davlat tashkiloti egallashi insoniyat aqlini
qadim zamonlardan to hozirgacha band etib
kelmoqda. Turli xalqlarda davlatning har xil
shakllarda paydo bo‘lganligi fakti ham davlat
va huquqning kelib chiqishiga oid ko‘plab nazariyalarning, ta’limotlarning yara-
tilishiga sabab ekanligini e’tirof etish joiz. Biroq, nazariyotchilar, olimlar davlat
kelib chiqishining umumiy qonuniyatlari va xususiyatlarini anglashga intiladilar.
Avstriyalik davlatshunos L. Gumplovichning ta’biricha, basharti davlat tushun-
chasi, ko‘pincha siyosiy tendensiyalarni ifodalash, siyosiy dasturlarni tasvirlash
va siyosiy maqsadga erishish uchun bayroq sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, dav-
latning vujudga kelishi to‘g‘risidagi tarixiy masalada ham xuddi shunday
buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan. Ko‘p hollarda «oliy g‘oya»lar yo‘lida u buzilgan
tarzda talqin etilgan. Davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi sof masala muay-
yan g‘oya ustida qurildi, ma’lum ehtiyojlardan kelib chiqib izohlandi, boshqacha
aytganda, muayyan amaliy va axloqiy motivlardan kelib chiqib tushuntirildi.
Ularning talqinicha, axloq va inson qadr-qimmatini saqlab turish uchun dav-
latning haqiqiy, tabiiy kelib chiqishini yashirish, buning o‘rniga ko‘pchilikka
ma’qul bo‘lgan biron-bir ochiq-oshkora va gumanitar ta’limotni taqdim etish
joiz
1
.
1
Гумплович Л. Общее учение о государстве. СПб., 1910. – 47-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |