54
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
mamlakatni yoritish uchun, aholiga farovonlik ulashish uchun – Anum va Ellil
meni chaqirdilar
1
.
Qadimgi Xitoyda imperator osmonning o‘g‘li deb qabul qilingan.
Xristianlik dinida ham hokimiyatning ilohiy xususiyatga egaligi
ta’kidlanadi. Masalan, avliyo Pavelning rimliklarga murojaatida «Har bir ruh
Oliy hokimiyatga itoat etadi, zero Xudodan boshqa hokimiyat yo‘q, (Yer yuzi-
dagi) mavjud hokimiyatlar Xudo tomonidan o‘rnatilgandir», deyiladi.
O‘rta asrlar diniy mafkurasi vakili F. Akvinskiy o‘zining «Hukmdor-
larning hukmdorligi to‘g‘risida»gi va boshqa asarlarida davlat, siyosat, qo-
nunlar xususida fikr-mulohazalar bildirgan. U davlat hokimiyatining uch
unsuri: 1) mohiyati, 2) paydo bo‘lish shakli, 3) amalga oshirilishini farqlaydi
va ularni sharhlab beradi. Masalan, davlatning mohiyati Alloh nomidan
boshqaruvchilar va ularga itoat etuvchilar o‘rtasidagi munosabatdan iborat.
Yuqori tabaqadagilarning erklari quyi tabaqadagilarni boshqaradi. Bu qoida
abadiy, qat’iy, Alloh tomonidan o‘rnatilgandir. Uning shakli turlicha, ba’zan
yomon bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyatining amalga oshirilishida ham
mansabni suiiste’mol qilishlar uchrashi mumkin. Bunday hollarda, odamlar
xristian dini ta’limotlariga, uning Cherkoviga ergashishlari kerak, kabi mu-
lohazalarni ilgari surgan.
Bizning mamlakatimizda diniy ta’limotlardan islom, islomga qadar zar-
dushtiylik (Avesto) ko‘p asrlar davomida odamlarning ijtimoiy-siyosiy dun-
yoqarashlarini shakllantirgan dinlardir. Qadimgi Turon va Eron zaminida
(arablar ularning har ikkalasini Ajam davlati deb hisoblaganlar, ya’ni arabdan
tashqari degan ma’noda) eng qadimgi yirik din zardushtiylik dini bo‘ldi. Uning
ta’limotlari «Avesto» kitobida bayon etilgan. Uning asoschisi Zardusht taxmi-
nan miloddan avvalgi 630–553-yillarda yashagan. U turkiy tilda gapiruvchi
xalqlar vakili bo‘lgan, masalan, Beruniy uni ozarbayjonlik deb hisoblagan.
Zardushtiylik qonunlarida haqiqat, adolatlilik uch axloqiy-huquqiy tayanchga
asoslanadi: ezgu fikr (g‘oya), ezgu kalom (so‘z), ezgu amal (ish). «Men yaxshi
fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan
iborat Axura Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» («Yasna», 14). «In-
son qalbi chirog‘ini yoqishda ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana («Ezgu
fikr») va Ako Mana («Yovuz fikr») ta’sir ko‘rsatadi. Barcha fikr, g‘oya, va so‘zlar
zaminida ezgulik va yovuzlik yotadi» («Yasna», 30). Ezgulikka asoslangan so‘z,
g‘oya, harakat – tinchlik, g‘amxo‘rlik kabilardir. Va aksincha, hasadgo‘ylik,
yomonlik, urush va janjallar yovuzlikdan darak beradi. «Avesto»da tinchlik,
1
Qadimgi huquqiy yodgorliklar. Хammurapi qonunlari. Tarjima asar. Mas’ul muharrir prof.
Х.T. Оdilqoriyev. – T.: «Adolat», 2016. – 21-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |