47
II bob.
Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
Qadimgi kishilik jamiyatining «oltin
davri» bo‘lmish ibtidoiy tuzum o‘z intihosiga
yuz tuta boshladi. Bu tuzum o‘zining tabiiy
yemirilish pallasiga kirdi. O‘zlashtiruvchi
iqtisodiyotdan ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot-
ga o‘tilishi insoniyat hayotining barcha sohalarida muhim sifat o‘zgarishlariga
olib keldi. Yangi tosh asri (neolit) davrida moddiy ne’matlar yaratishning yangi
manbalari paydo bo‘lishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnat qilish qurol-
vositalarining takomillashuvi, insonlarda tajriba va malakaning ortishi nati-
jasida jamiyatni uyushtirish va boshqarishning urug‘-qabiladoshlik shakli o‘z
ahamiyatini yo‘qota bordi.
Bu davrda metal eritish va metal qurol tayyorlash ishlab chiqarish vositala-
rining takomillashib borishiga sabab bo‘ldi. Pirovardida, jamiyatning iqtisodiy
negizi o‘sib bordi, ijtimoiy va ma’naviy hayot boyib, rang-barang bo‘lib o‘zgarib
bordi. Ibtidoiy jamiyat iqtisodiyoti o‘sishiga, ishlab chiqarishning sifat jihatdan
yangi jabhalari va hosil olishning yangi usullarining topilishiga mehnatning
malakalashuvi, ijtimoiy mehnat taqsimoti hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi.
Tarixiy va ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, ibtidoiy tuzum davrida jami-
yat hayotida
uchta yirik mehnat taqsimoti sodir bo‘lganligi ma’lum. Murakkab
tabiiy shart-sharoit, hayvonlarni vahshiyona ovlashning ortib borishi ular bio-
massasining kamayishiga olib kelib, o‘sib borayotgan aholining ehtiyojlarini
qondirishga yetishmasligi kelib chiqdi. Oziq-ovqat manbalarini kengaytirishga
majbur bo‘linadi. Hosil beruvchi ekin ekish sohasi kengaya bordi. Ko‘plab qabi-
lalar sug‘orishga asoslangan dehqonchilikka ixtisoslashadilar.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti inqilobiy xususiyatga ega bo‘ldi. Dastlab odam-
lar hayvonlarni uy hayvoniga aylantirishni va ko‘paytirishni o‘rganadilar. Bu
ish mehnatning asosiy sohasiga aylanib, yer haydash yoki ov qilishga nis-
batan ancha foydali bo‘lgan. «Cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar boshqa
varvarlar ommasidan ajralib chiqqanlar: bu –
birinchi yirik ijtimoiy mehnat
taqsimoti edi. Cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar boshqa varvarlarga
qaraganda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarar edilar, shu bilan birga ular ishlab
chiqaradigan tirikchilik vositalarining xili ham boshqacha edi»
1
.
Shunday qilib, mehnatning chorvachilik turi dehqonchilikdan ajralib chiq-
di. Bu dastlabki mehnat taqsimoti ibtidoiy jamoa tuzumini yirik o‘zgarishlarga
olib keldi. Shu davrgacha ishlab chiqarilgan mahsulotlar qatoriga sut, go‘sht,
yog‘, jun, teri kabi mahsulotlar qo‘shildi. Dehqonchilikda ham, chorvachilikda
ham ixtisoslashish kuchayib borishi oqibatida mehnat unumdorligi oshib bor-
1
Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar. «O‘zdavnashr, 1959, II tom. – 337-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |