43
II bob.
Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
lodlari o‘rtasidagi aloqalarning eng tabiiy va odatiy shakli bo‘lganligi bois,
bu oilaviy (nikoh) munosabatlarida o‘z ifodasi, namoyon bo‘lishini topgan.
Ilmiy manbalarda ibtidoiy-jamoa tuzumining mavjudlik davri uch bosqichga
bo‘linadi: ibtidoiy poda, urug‘ jamoasi va urug‘chilikning yemirilishi davri.
Bu davrlarning oila evolyutsiyasiga aloqasi bevositadir. Odam ajdodlari uzoq
davr mobaynida to‘da-to‘da bo‘lib, ibtidoiy poda shaklida yashaganlar. Yovvoyi
odamlarning dastlabki guruhlari daydi ko‘chmachilik holatida hayot kechirgan-
lar, ba’zan, g‘orlarda, o‘rmonlarda yoki qishloq sharoitida umr kechirganlar.
Bunday sharoitda oilaviy aloqalar betartib ko‘rinishga ega bo‘lganligi tabiiy.
Demak, insonlarning Yer yuzida tarqalishining dastlabki pallasida oilaning
po-
ligam shakli hukm surgan. Bu guruhiy oilaviy (nikoh) munosabatlari bo‘lib,
unda barcha erkaklar va ayollar (shuningdek, ota-onalar va farzandlar) bir-
birlariga tegishli bo‘lganlar. Bunday oilalarda bolaning otasi kimligini bilish va
aniqlash mumkin bo‘lmagan. Farzandlar butun guruhning, jamoaning umumiy
bolasi hisoblangan. Oilaga, urug‘ga mansublik ona tomonidan belgilangan.
Shu bois Matriarxat – ona hukmronligiga asoslangan urug‘, oila shakllangan.
Oilaning birinchi shakli guruhiy oila bo‘lib, u qon-qarindoshlik asosidagi
(«endogam») oila edi. Bunda ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi nikoh man
etildi. Biroq, aka-singillar o‘zaro er va xotin bo‘lishlari mumkin edi. Uzoq davr-
lar qon-qarindoshlikka asoslangan oilalarning mavjud bo‘lishi bir necha avlod
o‘tgach, o‘zining salbiy qusurlarini ko‘rsatadi, avvalo, bu nasl salomatligiga
ta’sir etib, uning tobora zaiflashib borishi kuzatiladi, murakkab tabiiy sha-
roitga moslasha olmay odamlar ko‘plab qirilib keta boshlaydi, ishlab chiqa-
ruvchi kuchlarning keskin kamayib ketishi va oqibatda moddiy ne’matlar ishlab
chiqarilishi sur’atlari pasayib ketishi kabilarga olib keldi. Shu tariqa, guruhiy
nikohning (oilaning) yangi shakli –
punalual oila paydo bo‘ladi. Bir onaning
farzandlari o‘rtasidagi, aka-singillar o‘rtasidagi nikohlar ham man etilgan. Bu
«ekzogam» shakldagi oila – ona urug‘ining shakllanishiga asos soladi, unda
ayol (ona boshining) qarindoshlari o‘rtasida rishta bog‘langan. Keyinchalik bir
urug‘ a’zolari o‘rtasidagi nikohlar ham taqiqlanadi.
Muayyan tarixiy rivojlanish davrida chorvachilik, omoch bilan yer haydab
dehqonchilik qilish keng yoyilishi erkaklarning mehnat jarayonidagi aha-
miyatini oshiradi. Bu hol matriarxat o‘rniga oilada ota hukmronligi (patriarxat)
ni keltirib chiqaradi. Endi qon-qarindoshlik, avlod davomiyligi ota tomondan
belgilanadigan bo‘ldi. Bu – insoniyat rivojidagi yangi bosqich. Guruhiy nikoh
o‘rniga
juft oila shakli paydo bo‘ladi. Bunda tuqqan ona qatorida tug‘ishgan
ota ham aniq bo‘ladi. Navbatdagi bosqichda juft oilaning ota hukmronligi us-
tun bo‘lgan shakli o‘rin oladi. Urug‘chilik tuzumining yakuniy bosqichida ota-
lar hukmron oilalar, ota urug‘i, patriarxal jamoa qaror topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |