Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet730/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   726   727   728   729   730   731   732   733   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

491

XXIV bob.

 Fuqarolik jamiyati 

va huquqiy davlat

Davlat va fuqarolik 

jamiyati

3-§.

Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo‘lib, u eng asosiy tarkibiy tuzil-

malarni ifodalaydi. Аlbatta, fuqarolik jamiyati o‘zining rang-barangligi, turli-

tumanligi bilan tavsiflanadi. Unda turfa ko‘rinishdagi ma’rifiy, madaniy va 

boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

 

Davlat – har qanday jamiyatda siyo-

siy hokimiyatning eng muhim institutidir. 

Davlat jamiyatning umumiy ishlarini boshqa-

ruvchi alohida organ sifatida faoliyat yuritadi. Davlat – jamiyatning siyosiy 

tashkilotlari tizimida muhim, ammo yakka-yu yagona bo‘g‘in emas: ushbu 

tizimga partiyalar va boshqa tashkilotlar ham kiradi. Biroq, jamiyat miqyosida 

faqat davlat suveren hokimiyatga ega bo‘ladi. Davlat hokimiyatining ustun-

ligi muayyan tarzda uning universalligi (davlat hokimiyatining yurisdiksiyasi 

mamlakatning butun hududi, barcha aholisi va jamoat tashkilotlariga nisbatan 

tatbiq etiladi), vakolatlarida (davlat hokimiyati unga da’vo qiluvchi boshqa har 

qanday g‘ayri konstitutsiyaviy va muvoziy tuzilmalarni bekor qilishi mumkin), 

shuningdek, boshqa ta’sir ko‘rsatish vositalarining mavjudligida (masalan, qo-

nunchilik, odil sudlov) ifodalanadi. 

Fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishi, shaxs va davlat o‘zaro muno-

sabatlarining madaniylashuvi jamiyatdagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishni 

taqozo etadi. Siyosiy munosabatlar sohasida davlat haqli ravishda yetakchi 

o‘rin egallaydi, bunda u fuqarolik jamiyatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uning faoli-

yati jamiyat manfaatlariga taalluqli har qanday umumiy ishlarni bajarishi bilan 

belgilanadi. 

Fuqarolik jamiyati odamlarning ijtimoiy va shaxsiy manfaat hamda 

huquqlarini ifodalash va himoya qilishga safarbar etilgan ixtiyoriy uyushma-

lari (jamoat birlashmalari, partiyalar, kasaba uyushmalari, shirkatlar, diniy 

tashkilotlar va hokazo) timsolida davlat bilan alohida siyosiy munosabatlarga 

kirishadi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, dav-

latning demokratik faoliyati uchun asoslar shuncha ko‘p bo‘ladi. Va aksincha

fuqarolik jamiyati yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, avtoritar va totalitar hokimiyat 

tuzumlari mavjudligi uchun asoslar ko‘proq bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatining 

rivojlanish darajasi aholi qatlamlarining qamrab olinganlik darajasi bilan emas, 

balki bu jamiyatda tan olinadigan shaxs erkinligining ta’minlanishi holati bilan 

belgilanadi. 

Fuqarolik jamiyatida davlat barcha mulkdorlarning huquqiy jihatdan teng 

himoya qilinishini ta’minlaydi, xususiy mulkni daxlsiz deb e’lon qiladi, ijtimoiy 

zarurat tufayli mulk olib qo‘yilgan holda unga tovon to‘lanishi kafolatlanadi. 





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   726   727   728   729   730   731   732   733   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish