Ma’naviy ijod mahsulotlari. Bu intellektual-aqliy faoliyat natijasidir.
Unga madaniyat, san’at, tasviriy ijod, kino, adabiyot asarlari va boshqalar ki-
radi.
Intellektual-aqliy ijod mahsullari yuzasidan ham turli-tuman huquqiy mu-
nosabatlar kelib chiqadi. San’at va adabiyot asarlarini yaratgan shaxs mual-
liflik huquqiga da’vogar bo‘ladi. Muzey, ko‘rgazma, she’riyat kechasiga borgan
shaxslarda ana shu ijod mahsulotlariga qiziqish paydo bo‘ladi. Bu munosabat-
ning obyekti – ma’naviy boyliklardir. Ijod mahsulotlari oldi-sotdi, hadya, ijara,
foydalanish kabi huquqiy munosabatlarning obyekti bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |