289
XIII bob.
Huquqiy ong
va huquqiy madaniyat
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, man-
sabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab kiladi.
Shuning uchun huquqiy davlatning muhim belgisi – huquqiy madaniyatdir.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun keng ko‘lamli demokratik islo-
hotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqo-
ri madaniyatli bo‘lsa, huquq normalarini bilsa, qonunlarni yuridik adabiyotlarni
o‘qib, ularga amal qilsa, huquq buzilishi ham shunchalik kam bo‘ladi. Shuning
uchun O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga
katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respub-
likasi Oliy Majlisi tomonidan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
milliy dasturi» qabul kilindi. Unda mamlakat miqyosida aholining huquqiy
madaniyatini rivojlantirish va huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy tarbi-
yani yaxshilash, ommabop yuridik adabiyotlarni ko‘paytirish, xalqning yuridik
sohadagi bilimlarini oshirishga katta e’tibor qaratilib, jamiyat huquqiy ongi va
madaniyatini rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.
Prezident Sh. Mirziyoev yuqoridagi Dasturning tarixiy ahamiyatiga mu-
nosib baho berib, ayni vaqtda quyidagilarni ta’kidladi: «Yigirma yil avval bu
borada qabul qilingan Milliy dasturni yangidan ishlab chiqishni davrning o‘zi
taqozo etmoqda.
Parlamentimiz jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha
yangi Milliy dasturni yaratishda bosh-qosh bo‘lishi maqsadga muvofiq, deb
hisoblayman»
1
.
Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish-
da muayyan maqsadlar ko‘zda tutiladi. Ushbu holatdan kelib chiqqan holda
huquqiy madaniyat bir qancha funksiyalarni bajaradi. Huquqiy madaniyatning
regulyativ (tartibga soluvchi), normativ, sotsiologik (ijtimoiy) huquqiy, kom-
munikativ (aloqalar o‘rnatish), prognostik (bashoratlash)
funksiyalari shular
jumlasidandir.
Huquqiy madaniyatning regulyativ funksiyasi demokratik huquqiy dav-
latni shakllantirish va adolatli fuqarolik jamiyatini vujudga keltirishni ta’min-
lovchi nazariy va tashkiliy faoliyat bilan bog‘liq. Bu funksiya umumiy va shaxsiy
manfaatlarni insoniyat ijtimoiy rivojlanishining markaziga qo‘yish, shaxsning
har tomonlama kamol topishi uchun muhit yaratish, unga zarur mehnat va
hayot sharoitini yaratish, siyosiy erkinligini ta’minlashga yordam beradi. Bu
funksiya umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy va ma’naviy kafolat-
1
Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligini vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq
fаrоvоnligining gаrоvi. – T., 2017. – 10-bеt.
19–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |