148
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
kimiyatiga nisbatan bo‘ladigan munosabatining ifodasidir. Ingliz siyosatshunos
olimlari G. Ponton va P. Djill siyosatni uch jihatning mushtarak birligi:
1) kishilarning ijtimoiy masalalarni tushunish va hal etish usullari;
2) bu faoliyat asosida yotuvchi pritsiplar;
3) ayrim shaxs yoki guruhning vaziyat ustidan nazoratni qo‘lga kiritish
va uni saqlab qolish vositasi tarzida izohlaydilar.
G‘arb siyosatshunosligida keng tarqalgan nuqtayi nazarga ko‘ra, siyosat –
jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlarini murosaga keltirish,
uyg‘unlashtirish asosida oqilona qaror qabul qila olish qobiliyatidir.
Siyosat xususida umumiy tushunchaga ega bo‘lgach, endi tizim (siste-
ma) nimaligi haqida mulohaza yuritishga o‘tamiz. Sistema mazmunan bir
toifadagi hodisalar, institutlar va elementlarning yagonaligi, bir butunligidir.
Sistemaning muhim jihati – unda strukturaviy xususiyatning borligi, ya’ni
voqelikning ichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onali
bo‘ysunish mavjudligi hamda bu qismlarning nisbiy mustaqilligi
1
. Sistemaning
mazkur sifatlariga e’tibor qaratishimizning boisi siyosiy tizim tarkibiga kiruvchi
qismlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik mavjud ekanligini chuqur tushunish va
ular o‘rtasidagi munosabatlarning chambarchas bog‘liqligi va dialektikasiga
e’tiborni jalb etishdir.
«Siyosiy tizim» ijtimoiy tizimning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, jami-
yatda hokimiyat va boshqaruvni shakllantirish hamda ro‘yobga chiqarish bilan
bog‘liq munosabatlar, harakatlar yig‘indisidir.
Siyosiy tizimning asosiy tarkibiy bo‘g‘inini, o‘zagini
davlat tashkil etadi.
Davlat siyosatni shakllantiruvchi, amalga oshiruvchi va jamiyatni boshqaruv-
chi muhim zarur tashkiliy tuzilmadir. Davlat siyosiy tizimga kiruvchi barcha
elementlarni bahamjihat etuvchi, ularning harakatiga (faoliyatiga) siyosiy maz-
mun bag‘ishlovchi, sistema hosil qiluvchi bo‘g‘indir. Siyosiy tizimning vazifa va
funksiyalarini ado etishda davlat nihoyatda muhim o‘rin tutadi.
Siyosiy tizim barqarorligini ta’minlash uchun siyosiy hayot ishtirokchi-
lari manfaatlarini, ular o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hisobga
olish zarur. Buning uchun esa, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy qatlamlar, gu-
ruhlar, kuchlar, shuningdek tashkilotlar va harakatlarning manfaatlarini
muvofiqlashtirish lozim. Bu vazifani O‘zbekistondagi islohotlar sharoitida
siyosiy tizimning asosiy elementi hamda bosh islohotchi bo‘lgan – davlat
bajarmoqda.
Siyosiy tizimni jamiyatdagi boshqa ijtimoiy tizimlardan farqi quyidagi-
larda ifodalanadi:
1
Qarang: Блауберг И.В., Юдин Б.Г. Понятие целостности и его роль в научном познании. – М.,
1972. – 16-bet; Афанасьев В.Г. Системность и общество. – М., 1980. – 21–31-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |