62
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Shunday qilib tabiiy huquq, har qanday huquqning, shu bilan birga,
huquqiy tartibotning, ijobiy huquqning, axloqiy huquqning, siyosiy huquqning
va shu kabilarning boshlang‘ich asosidir
1
.
Huquqning tarixiy maktabi. Bu ta’limotning Germaniyadagi asoschi-
lari (G. Gugo, F. Savini, G. Puxta) XVIII–XIX asrlarda huquq til (nutq) kabi
tarixan kelib chiqadi va rivojlanadi, aslo qonun chiqaruvchi tomonidan e’lon
etilmaydi, deb isbotlashga urindilar. U «milliy» ongdan, «xalq» ongidan kelib
chiqadi. Tarixiy maktab vakillari diniy ta’limotga ham yondashib ketadi. Ma-
salan, G. Puxta: «Huquq Xudodan boshlanadi. U millat tabiatiga huquqni yaratish
qudratini jo etgan», deb ta’kidladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |