shaxsning huquqiy jihatdan ijtimoiylashuviga erishish mumkin.
Ma’lumki, jamiyat a’zolarining, har bir shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi
masalalarini ilmiy tadqiq etish davlat va huquq nazariyasi oldida turgan yangi
dolzarb muammolardan biridir.
Huquqiy ijtimoiylashuv – shaxs (fuqaro)
ning huquqiy tizim faoliyatiga, huquqiy muhitga, huquqiy munosabatlarga faol
jalb etilishi bo‘lib, uning jamiyatda shakllangan huquqiy qadriyatlar va madani-
yat me’yorlarini, namunalarini va huquqqa muvofiq xulq-atvor stereotiplarini
(andozalarini) o‘zlashtirishi, huquqiy talablar, qoidalar hamda prinsiplarni keng
anglashi va ularni o‘z faoliyatida qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishi jarayonidir.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |