48
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
di. Mehnatning samarali va unumli bo‘lishi esa, kundalik ehtiyojdan ortiqcha
qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarilishiga olib keldi. Chorva mollari dastlab
ayrim oila va shaxslarning boyligini tashkil etdi. Keyinchalik ayirboshlash
vositasiga aylandi. U asta-sekin kollektiv mulkchilikni siqib chiqardi, xususiy
xo‘jalik va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni keltirib
chiqardi. Mahsulot ishlab chiqarishning ortishi kundalik mehnat miqdorini
ham ko‘paytira bordi. Yangi ish kuchini jalb etishga ehtiyoj tug‘ildi. Urushda
asir olinganlar qulga aylantirila boshlandi. Shunday qilib, xususiy mulk kelib
chiqdi va jamiyat sinflarga bo‘lindi.
Keyinchalik, metall asboblar quyish va qulolchilik hamda to‘qimachilikning
rivojlanishi
ijtimoiy mehnatda ikkinchi yirik bo‘linishga – dehqonchilikdan
hunarmandchilikning ajralib chiqishiga olib keladi. Alohida gruppa kishilar
turli xil mehnat qullari va uy anjomlari tayyorlash bilan shug‘ullana boshlay-
dilar. Endi hunarmandchilikda ixtisoslashish avj oladi. Dehqonlar ham, chorva-
dorlar ham, hunarmandlar ham mahsulotini bevosita ayirboshlash uchun ishlab
chiqara boshlaydi, ya’ni tovar xo‘jaligi bilan birga savdo-sotiq rivojlanadi.
Kishilik jamiyatining bu tariqa rivojlanishi
uchinchi yirik ijtimoiy mehnat
taqsimotiga olib keladi. Sivilizatsiya ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmasdan,
faqat mahsulotlarni ayirboshlash bilan mashg‘ul bo‘ladigan toifani – savdogarlar
qatlamini vujudga keltiradi. F. Engelsning aytishicha, endilikda birinchi marta
shunday bir sinf paydo bo‘ldiki, u ishlab chiqarishda hech bir ishtirok etmasa
ham, ishlab chiqarishga rahbarlik ishini umuman va butunlay o‘z qo‘liga oladi
va ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan o‘ziga itoat qildiradi, har ikki ish-
lab chiqaruvchi o‘rtasida yo‘qotib bo‘lmaydigan vositachiga aylanadi va ularning
har ikkisini ekspluatatsiya qiladi.
Bu davrga kelib yer ham xususiy mulkka aylanadi, boyliklar ozchilikni
tashkil etgan ekspluatatorlar sinfi qo‘lida to‘planishi tezlashadi, shu bilan birga
kambag‘allar soni ham o‘sib boradi.
Jamoaviy mulk o‘rniga kelgan xususiy mulk pirovard natijada mulkiy
tengsizlikni yuzaga chiqarib, jamiyatni antagonistik sinflarga bo‘lib yubora-
di. Endi jamiyatni boshqarishning urug‘ – qabiladoshlik formasi bularning
hammasini o‘z ichiga sig‘dira olmasdi. Urug‘doshlik tuzumining umri tugadi.
Mehnat taqsimoti va uning oqibati – jamiyatning sinflarga bo‘linishi natijasida
urug‘doshlik jamiyati yemirildi. Urug‘doshlik tuzumi o‘rnini davlat oldi.
Ekspluatatsiyaning, ezishning va sotsial tengsizlikning birinchi klassik
formasi – qulchilik vujudga keldi. Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hokimiyati
quldorlik davlat hokimiyati bilan almashindi (ba’zi xalqlarning ibtidoiy tuzum-
dan feodal tuzumiga o‘tganligini yodda tutish lozim).