501
XXIV bob.
Fuqarolik jamiyati
va huquqiy davlat
Ijtimoiy davlatning maqsadlariga erishish ijtimoiy siyosat uslublari-
dan tashqari tegishli qonunchilik va ma’muriy tashkiliy-tuzilmalar vujud-
ga keltirilishini ham taqozo etadi. Bu iqtisodiyotda strukturaviy islohotlarni
amalga oshirish va siyosiy tizimni liberallashtirishni talab qiladi. Jamiyat-
dagi siyosiy kuchlar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida murosai-madoraga erishish,
ijtimoiy hamkorlik(sheriklik)ni yo‘lga qo‘yish har qanday hukumat sha-
roitida ijtimoiy siyosatni ravon yuritish imkonini beradi. Shuningdek, ijtimoiy
zo‘riqishlar(inqirozlar)ni bartaraf etishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalariga muvofiq, dav-
latimizni ijtimoiy yo‘naltirilgan, insonparvar – ijtimoiy tabiat va mohiyatga ega
ekanligini e’tirof etish mumkin. Аvvalo, Аsosiy qonunimizning muqaddimasida
davlatning maqsadi – respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini
ta’minlash, deb belgilangan. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat
va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-modda). Ushbu konstitutsiyaviy talab davlat-
ning jamiyat va fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarish
sohasiga ham taalluqlidir.
Barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, mil-
lati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan
qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Ijtimoiy adolat
prinsipiga urg‘u berilishi, davlatga, uning barcha organlari zimmasiga katta
mas’uliyat yuklaydi. Zero, «Аdolat tamoyillariga izchillik bilan rioya etish qoi-
dasi yangilangan ijtimoiy siyosat qurilishiga asos qilib olindi»
1
. Shaxsni hur-
mat qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish – davlat organlari,
jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning majburiyatlari bo‘lib hi-
soblanadi (Konstitutsiyaning 30-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoev o‘z ma’ruzalarida bir necha bor ta’kidlaganidek, «Xalq davlat
idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni
barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur»
2
.
Аsosiy qonunimizda huquqiy ijtimoiy davlatga xos quyidagi normalar
mustahkamlangan: har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan hi-
moyalanish huquqiga egadir (37-modda). Ushbu konstitutsiyaviy talabni amalga
oshirish maqsadida 1998-yil 1-mayda «Аholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi
qonun qabul qilindi. Shuningdek, bir qator farmonlar va hukumat qarorlari
qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, hukumatning ijtimoiy dasturlariga muvofiq, har
1
Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo‘lidа. – T.: «O‘zbekiston», 1995. – 129-bet.
2
Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq
fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 16-bеt.
Do'stlaringiz bilan baham: |