499
XXIV bob.
Fuqarolik jamiyati
va huquqiy davlat
Ijtimoiylik, avvalo, bu adolat, ya’ni ko‘pchilikning manfaatiga muvofiqlikdir,
ikkinchidan, insonlarning hamjihatligi ifodasidir. Shunga ko‘ra, hayotni adolatliroq
qiladigan har qanday qoida, har qanday qonun, har qanday tartib ijtimoiydir.
Yuridik adabiyotlarda ijtimoiy davlatning tabiatiga, belgi va xususiyat-
larga oid turli talqinlar beriladi. Bir qator tadqiqotchilar ijtimoiy davlatni fuqa-
rolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini (ya’ni, mehnat qilish huquqi, dam
olish huquqi, ijtimoiy ta’minot huquqi va boshq.) e’lon qiluvchi yoki pensiya va
boshqa nafaqalarni ta’minlovchi davlat deb baholaydilar
1
. Аmmo bu yondashuv
ijtimoiy davlatning o‘ta boy ma’nosini yetarlicha ocha olmaydi. U ancha teran
mazmun-mohiyat kasb etadi. «Sotsial (ijtimoiy) davlat, – V.M. Baglayning
fikricha, – fuqarolarni ish bilan ta’minlanishiga sharoit yaratadigan, umumiy
daromadlarni budjet vositasida qayta taqsimlaydigan, odamlarga turmush ke-
chirishning eng quyi chegarasini (minimumni) ta’minlaydigan, kichik va o‘rta
mulkdorlar hissasi ko‘payishiga ko‘maklashadigan, yollanma mehnatni muho-
faza qiladigan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash va oila xususida g‘amxo‘rlik
qiladigan, ijtimoiy ta’minotni muntazam yaxshilaydigan davlatdir»
2
.
Konstitutsiya davlat uchun aniq ijtimoiy dasturni belgilab bermaydi, balki
unda davlat siyosatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari belgilanadi. Davlat
siyosatining ikki muhim jihatini nazarda tutish lozim.
Birinchisi – fuqarolarga
munosib hayot kechirish uchun va insonning erkin rivojlanishi uchun sharoit
yaratishda ifodalanadi. Bu – mehnatni va insonlar sog‘lig‘ini muhofazalash, ish
haqining minimal hajmini belgilash, ishsizlikning oldini olish va h.k.
Ikkinchisi –
aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilani, onalik,
otalik va bolalikni muhofazalash, nogironlarga va qariyalarga g‘amxo‘rlik
qilish va boshqalar. Ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish, davlat pensiyala-
rini, nafaqalar va boshqa ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilash ko‘zda tutila-
di
3
. Professor O.E. Leyst ta’biricha, «sotsial davlat» nafaqat huquqiy tartibotni
muhofazalashi, shuningdek kam ta’minlanganlar va butun jamiyat manfaati
uchun ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi (qonun vositasida ish kuni davomiyligini,
bolalar va ayollar mehnatini cheklash hamda taqiqlashni, mehnatga qobiliyat-
sizlarni, ijtimoiy himoya bilan, ishsizlarni ish bilan ta’minlashni, davlat hisobi-
dan umumiy o‘rta ta’limni, bepul meditsina xizmatidan foydalanish kabilarni
huquqiy tartibga solishi) lozim
4
. Ijtimoiy davlatni tavsiflovchi ijtimoiy siyosat-
1
Qаrаng: Иваненко В.А., Иваненко В.С. Социальные права человека и социальные обязанности
государства: международные и конституционные правовые аспекты. – СПб., 2003. – 62–63-betlar.
2
Qаrаng: Баглай В.М. Конституционное право Российской Федерации. – М., 2007. – 137-bet.
3
Qаrаng: Конституция Российской Федерации: комментарий / Под общ. ред. Б. Топорнина и
др. – М., 1994. – 21-bet.
4
Qаrаng: Лейст О.Э. Гражданское общество, государство и право / Общая теория государства и
права. Академический курс. Отв. ред. М.Н. Марченко, Том 1. – М., 1998. – 346-bet.