413
XX bob.
Huquqiy tartibga
solish mеxanizmi
lariga va ularga asoslangan boshqa munosabatlarga ta’sir etib, ularni mustah-
kamlaydi, qo‘riqlaydi va rivojlantiradi. Huquqiy ta’sir etish natijasida ilg‘or va
ijobiy ijtimoiy munosabatlar huquqiy himoya qilinadi hamda takomillashtiriladi.
Jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan yoxud eskirgan munosabatlar esa
ijtimoiy turmushdan siqib chiqariladi.
Shuni nazarda tutish joizki, huquqning o‘zi bevosita ijtimoiy munosabat-
lar tizimini yaratishi, o‘zgartirishi hamda rivojlantirishi mumkin emas. Huquq
ushbu munosabatlar ishtirokchilarining ongiga ta’sir etish orqali, shuningdek
qat’iy harakat qoidalarini o‘rnatib, ularni tartibga soladi. Ijtimoiy munosabat
(shu jumladan, huquqiy munosabat) qatnashchilari ongli va irodaviy harakat-
larni sodir etadilar. Shu bois mazkur munosabatlarga huquqiy ta’sir etish, ular-
ni yo‘lga solib turish mumkin bo‘ladi. Huquqiy tartibga solish huquqiy ta’sir
etishning ancha mustaqil va faol ko‘rinishlaridan biridir. U maxsus amalga
oshiriladigan faoliyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |