401
XIX bob.
Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
tutsiyalar mavjud bo‘lib, ulardagi normalar oliy yuridik kuchga ega deb hisob-
lanadi. Mazkur huquq yuridik doktrinasi va qonunchilik amaliyoti odatdagi
qonunning uch turini farqlaydi: kodekslar, maxsus qonunlar va normalarning
to‘plangan matnlari.
Kontinental huquq tizimiga oid aksariyat mamlakatlarda fuqarolik, jinoyat,
mehnat, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual va boshqa kodekslar qabul
qilingan va amal qiladi. Joriy qonunchilik tizimi ham serqirra va ko‘p tarmoqli-
dir. Ushbu qonunlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turlarini tartibga soladi
(masalan, bank faoliyatiga, tadbirkorlikka oid qonunlar). Roman-german huquq
oilasi manbalari orasida qonun ijrosi yo‘lida qabul qilinadigan hujjatlarning:
ma’muriy sirkulyarlar, reglamentlar, farmoyishlar, dekretlar alohida o‘rin tutadi
va ularning hissasi ortib bormoqda. Odatlar ham roman-german huquq oilasida
huquq manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U ba’zida qonunga qo‘shimcha,
qonundan tashqari hollarda ham qo‘llaniladi, masalan, Italiya dengiz huquqida
dengiz odatlari katta o‘rin egallaydi. Umuman, bugungi kunda odatlar bu
huquq oilasida mustaqil manba mavqeini yo‘qotmoqda.
Sud amaliyotining roman-german huquq oilasi manbalari tizimidagi aha-
miyatiga kelsak, bu yerda doktrinaning yondashuvi anchagina qarama-qarshi
mazmunga ega. So‘nggi yillar tendensiyasiga muvofiq, sud amaliyoti ushbu
huquqiy tizimning yordamchi manbayi sifatida e’tirof etilmoqda. Avvalo, bu
«kassatsiya presedenti» bilan bog‘liq. Zero, kassatsiya sudi – yuqori instan-
siya sudidir. Bunda sudning «oddiy» qarori (masalan, o‘xshash ishlar bo‘yicha
umumiy analogiya yoki umumiy prinsiplarga asoslangan ishlar) kassatsiya
bosqichidan o‘tib, o‘xshash ishlarni hal etishda boshqa sudlar faoliyatida faktik
president sifatida qabul qilinishi mumkin.
Roman-german huquq oilasida uning asosiy tamoyillarini, nazariy ma-
salalarini ishlab chiqqan
doktrina alohida o‘rin egallaydi. Doktrina qonun
loyihalarini tayyorlash faoliyatida ancha muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek,
undan huquqni qo‘llash faoliyatida (qonunlarni sharxlashda ham) keng foy-
dalaniladi
1
.
Yevropadagi qator davlatlar huquqining roman-german huquq oilasiga
mansubligi milliy huquqiy tizimlar o‘rtasidagi ma’lum farqlarni istisno qil-
maydi. Shuni eslatib o‘tish lozimki,
bir tomondan, fransuz huquqi,
ikkinchi to-
mondan, german huquqi shu modelga xizmat qilishdiki, buning asosida roman-
german huquq oilasi ichida ikkita huquq guruhi ajratiladi:
1) roman huquqi
guruhi, bunga Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Italiya, Portugaliya, Is-
paniya kiradi;
2) german huquq guruhi, unga Avstriya, Shveysariya va boshqa
1
Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 594-bet.
26–18-8