Huquqiy tizimni liberallashtirish (erkinlashtirish).
Bugungi kunda butun dunyo miqyosida huquqqa va u bilan bog‘liq barcha
hodisalarga baho berishda
«liberitar» (ya’ni, huquqqa erkinlikni ta’minlash
vositasi sifatida qarash) yondashuv ustuvor mavqeni egallamoqda. Bu konsep-
siyaga asosan
huquq – avvalambor erkinlik, adolat va tenglik mezoni,
ularni ta’minlash vositasi, aholi xavfsizligi hamda har bir fuqaroning mulkiy
mustaqilligi (daxlsizligi)ni ta’minlovchi normativ tizimdir.
Mazkur doktrina ikki asosiy jihat bilan ta’riflanadi.
Birinchisi, shaxs
erkinligi va uning ijtimoiy-siyosiy hayotini erkinlashtirish (liberallashtirish)
bo‘lsa,
ikkinchisi – ijtimoiy adolat prinsipning ustuvorligini ta’minlash, uni
jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga singdirishdan iborat.
1
Хаlq so‘zi, 2017-yil 10-аvgust.
Do'stlaringiz bilan baham: |