349
XVI bob.
Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
hurmati, huquqiy normalarning ijro etilishi darajasi, huquqqa rioya qilmagan-
larga murosasiz bo‘lish, qonunga itoatkorlik darajasi tushuniladi.
Huquqiy siyosat – ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning
asoslari, prinsiplari, yo‘nalishlari, vazifalari, strategiyasi va taktikasidir. U dav-
lat tomonidan shakllantiriladi va amalga oshiriladi.
Huquqiy mafkura davlatchilik, siyosiy tizim va huquqiy hayot haqidagi
siyosiy-huquqiy g‘oyalar, qarashlar va bilimlarning umumlashtirilgan tizimidir.
Huquqiy tizimining mazmun-mohiyati,
uni isloh qilish hamda moder-nizatsiyalash
xususida gap borganda, avvalo ikki o‘zaro
uyqash tushuncha:
«huquqiy islohotni
ta’minlash» va «islohotlarni huquqiy ta’minlash» iboralari-ning ma’nosini
aniqlab olish lozim. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy sohalarni qamrab olgan.
Har bir yo‘nalishda islohotlarni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli huquqiy ba-
zani yaratish, rejalashtirilgan islohiy tadbirlarni ro‘yobga chiqarishning huquqiy
mexanizmini vujudga keltirish katta ahamiyat kasb etadi.
Islohotlarni samarali amalga oshirish uchun, avvalo, ularning asosiy tamo-
yillarini belgilab olish muhim edi: «Biz, eng avvalo, huquqiy asosni tayyorladik.
Jamiyatimizning asosiy aqidalari, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo‘nalishlari
belgilab berilgan Konstitutsiyamiz ham ana shu asosga qurilgan. Biz qonunchilik
bazasini barpo etib, butun davlat tuzilmasini o‘zgartirdik. U bozor maqsadlariga ja-
vob beradi...»
1
. O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek: «O‘tgan davr
mobaynida Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar negizida
yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga
oshirilgan samarali islohotlarga asos bo‘ldi»
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan (2017-y. 7-fevral)
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategi-
yasi» tasdiqlangani mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarga, ay-
niqsa, huquqiy islohotlarga jiddiy salohiyat, quvvat baxsh etdi, bu islohotlarni
tom ma’noda yangi bosqichga ko‘tardi. Mazkur Strategiyada mamlakatimiz-
ni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish
bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalishi belgilandi:
1
Kаrimоv I.А. Vаtаn sаjdаgоh kаbi muqаddаsdir. T.3. – T.: «O‘zbekiston», 1996. – 135-bet.
2
Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrо-
vоnligining gаrоvi. – T., 2017. – 6-bеt.
Do'stlaringiz bilan baham: