Huquqiy amaliyot huquq va huquqiy ong bilan birga jamiyat huquqiy
tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Huquqiy amaliyotsiz huquqiy
tizim tashkil topishi, rivojlanishi va amal qilishi mumkin emas. Huquqiy amali-
yot to‘plangan ijtimoiy-huquqiy tajribalar asosida huquqiy normalarni yaratish,
sharhlash va amalga oshirish faoliyatidir. Huquqiy tizimning «sistema» tashkil
etuvchi tarkibiy qismlaridan hisoblangan huquqiy ong va huquqiy madaniyat
muhim ijtimoiy hodisa bo‘lib, huquq bilan chambarchas bog‘liqdir.
Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir shakli hisoblanib, nisbatan mustaqildir.
Huquqiy ong jamiyat a’zolarining huquqqa, qonunga munosabati hamda davlat
mexanizmi faoliyati xususidagi tasavvurlari, qarashlari, ta’riflari, his-tuyg‘u
va kayfiyatlarining mujassam ifodasidir. Jamiyat huquqiy tizimida katta aha-
miyatga ega bo‘lgan, huquqning insonlar xatti-harakatida mujassamlashishi,
kishilarning huquqqa nisbatan hurmati, huquqbuzarliklarga nisbatan muro-
sasizligini anglatuvchi tushuncha-huquqiy madaniyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |