355
XVI bob.
Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Ushbu konstitutsiyaviy qonunning aha-
miyatini izohlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov:
«... u referendum natijalarini qonunchilik tilida ifodalab – muhrlab beradi va
Konstitutsiyamizga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘ladi»
1
, – dedi.
Ushbu bashorat tez orada qonun ijodkorligi amaliyotida o‘z tasdig‘ini topdi.
2002-yil 12-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar, 2003-yil 24-aprelda Konstitutsiyaning
davlat hokimiyati organlari tashkil etilishiga oid boblariga ikki palatali parla-
ment joriy etilishi bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi
konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
2
. Bunda parlament palatalarining vakolat-
lari mustahkamlandi, Prezident va Hukumatning vakolatlari qayta shakllan-
tirildi, saylov qonunchiligiga oid konstitutsiyaviy normalar takomillashtirildi.
2007-yil 11-aprelda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokrat-
lashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar-
ning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
Ushbu Qonun aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini kuchaytirishda, chinakam
ko‘ppartiyaviylikni rivojlantirishda, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda
g‘oyat muhim rol o‘ynadi. U parlamentdagi turli siyosiy yo‘nalishlarga amal
qiluvchi partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi, ular-
ning qonun ijodkorligi ishi samaradorligini oshirishda tutgan o‘rni, fraksiyalararo
sog‘lom tortishuvni sezilarli darajada oshirdi. Parlamentdagi ko‘pchilikning va par-
lamentdagi muxolifatning huquqlari qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yildi.
2008-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to-
monidan «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bi-
lan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish haqida»gi qonun ma’qullandi. Mazkur qonun mamlakatimizning saylov
qonunchiligini izchil demokratlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy islohotlar so‘nggi yillarda faol va maqsadli o‘tkazilayot-
ganligiga e’tibor qaratish lozim. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlan-
tirish konsepsiyasidan kelib chiqib, 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun
bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-mod-
dalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu yangiliklar hokimiyat tar-
moqlari mustaqilligining oshishiga, ularning o‘zaro bir-birini tiyish mexanizm-
larini takomillashtirishga yo‘naltirildi. Parlamentda Hukumatning hisobotini
tinglash, Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish institutlari joriy
etildi.
1
Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа tinchlik uchun kurаshmоq kеrаk. T.10. – T.: «O‘zbekiston», 2002. – 319-bet.
2
Хаlq so‘zi, 2003-yil 25-аprеl.
Do'stlaringiz bilan baham: |