27
I bob.
Davlat va huquq
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
Ijtimoiy tajriba metodi – davlat va huquqqa oid biron-bir institutni, or-
ganni, normani hayotga joriy etishdan avval ularni tajriba o‘tkazish yo‘li bilan
sinab ko‘rish usuli. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida mahalliy darajadagi
ma’muriy hududiy birliklarda (viloyat, shahar, tumanlarda) hokimlik lavozimini
joriy etishdan avval 1991-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
Rayosatining qarori bilan Toshkent shahar hokimi lavozimi ta’sis etilib, bir yil
mobaynida
ijtimoiy-huquqiy tajriba – sinov o‘tkazildi. Toshkent shahar hokimi
muvaqqat Nizom asosida faoliyat yuritdi. Tajriba natijalari umumlashtirilib,
1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati organlarini
isloh etish to‘g‘risida» gi qonun bilan respublikamizning barcha tuman, shahar
va viloyatlarida hokim lavozimi joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-martdagi «Dav-
lat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi sinovi bo‘yicha huquqiy eksperiment
o‘tkazish haqidagi Farmoyishi asosida shu yilning mart-dekabr oylarida Samar-
qand va Buxoro viloyatlarida huquqiy eksperiment o‘tkazildi.
Bunday eksperiment o‘tkazishdan maqsad: – qonun loyihasining davlat
organlari faoliyatining ochiqligini, shaffofligini, ular faoliyati to‘g‘risidagi ax-
borotdan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholi keng
foydalanishini ta’minlashga qaratilgan qoidalari samaradorligini aniqlashdan
iborat edi.
Huquqiy eksperiment – huquqiy normalar samaradorligini oldindan
(ularning loyihasini amaliyotda tekshirib ko‘rish asosida) baholashning eng
maqbul vositasidir. Huquqiy eksperiment davomida qonun loyihasi dastlabki
sinovdan o‘tkaziladi, uning tartibga solish ta’siri, ishlash mexanizmlari va sa-
maradorligi tekshirib ko‘riladi, loyihaning yutug‘i va nuqsonlari aniqlanadi.
Shu asosda uni yanada takomillashtirish mumkin bo‘ladi.
Ilmiy adabiyotlarda huquqiy eksperiment deganda – huquq (qonun)ni ijod
etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan qonunchilikka kiritish mo‘ljallanayotgan
bo‘lg‘usi yangi normalarni cheklangan masshtabda sinab ko‘rish asosida
ularning samaradorligini, foydaliligini va iqtisodiy tejamliligini aniqlash, hamda
o‘rnatiladigan huquqiy mezonlar (huquq ijodkorligi qarorlari) ning oqilona
variantini ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv tadbiridir
1
.
Shunday qilib,
davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va
huquq hodisalarini, ular bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganishga, bu muhim ijti-
moiy-siyosiy institutlarning rivojlanish qonuniyatlarini ochishga yo‘naltirilgan
ilmiy usullar, yo‘llar, tamoyillar va vositalar majmuidir.
1
Qarang: Правовой эксперимент и совершенствование законодательства. – М., 1988. – 26-bet.