28
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat va huquq nazariyasi fanini har
tomonlama va mufassal tavsiflashda uning
boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish
muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ij-
timoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas
bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat
yuridik fanlar emas, balki boshqa ijtimoiy
fanlar ham o‘rganadi. Chunki insonlarning faoliyati serqirra va turli-tuman
bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat-siyosiy munosabatlarning
obyekti sifatida maydonga chiqadi.
Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. Dav-
lat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq va tahlil qilishda
boshqa fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ularning yutuqlari, ilmiy xu-
losa va tavsiyalaridan foydalanadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy
fanlar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan
mustahkam aloqada bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |