328
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
yalashish xarakteriga, ya’ni, muayyan darajada tizimlashuv mazmuniga ega
emas»
1
.
Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish huquqiy tizim amal qilishi-
ning, muntazam rivojlanib borishining sharti hamda amaldagi qonunchilik huj-
jatlarini tartibga solish, mantiqiy umumlashtirishning shaklidir
2
. Qonunchilik
hujjatlarini tizimlashtirish – demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik
jamiyatini shakllantirish maqsadida Konstitutsiya va qonun ustunligi, hokimi-
yatlar taqsimlanishining o‘zaro tiyib turish va muvozanatlash mexanizmini
ta’minlashga, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Mavjud qonunchilik hujjatlarini
kodeks shaklida tartibga solingan hujjatlar
bilan almashtirib borish, qonunlar majmuini yaratish, mamlakat huquqiy klas-
sifikatorini takomillashtirish, shuningdek, qonunchilik resurslaridan foydala-
nish tizimini zamonaviy global elektron axborot tarmog‘i imkoniyatlari bilan
ta’minlashga qaratilgan yaxlit, uzluksiz ilmiy-nazariy hamda amaliy faoliyatdir.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish davlat mexanizmi va huquqiy
tizim jo‘shqin maromda ishlashining zaruriy shartidir. Mazkur faoliyatni
oqilona yo‘lga qo‘yish uning nazariy va metodologik asoslari hamda mukam-
mal mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu ishga davlat hokimiyati or-
ganlari, muassasalarini va huquqshunos olimlarni faol jalb etish zarur. Qonun-
chilik hujjatlarini tizimlashtirishning real vazifalarini belgilash uchun, birinchi
navbatda,
huquq tizimi va
qonunchilik tizimi o‘rtasidagi munosabatni chuqur
tadqiq etish zarur. Ko‘p yillar davomida MDH davlatlari va mamlakatimiz
huquqshunos olimlari tomonidan bu masalada muayyan tadqiqotlar olib bo-
rilib, ularning ko‘pchiligi qonunchilik amaliyotida o‘zining munosib tasdig‘ini
topgan, ba’zilari esa, qonunchilikda bahs-munozaraligicha qolib kelmoqda.
Milliy
huquq tizimining elementini huquq normasi,
qonunchilik tizimining ele-
mentini esa
normativ-huquqiy hujjatning (qonunning) normasi tashkil
qiladi. Qonunchilikni tizimlashtirishni aniq tashkil etishda, shuningdek huquq
instituti va qonunchilik instituti, huquq tarmog‘i va qonunchilik tarmog‘i
o‘rtasidagi nisbatni aniqlash ham nihoyatda muhimdir.
Huquq tizimi va qonunchilik tizimi rivojlanishining tendensiyalarini
tadqiq etish nafaqat nazariy, balki amaliy munosabatlar uchun ham dolzarb hi-
soblanadi. Bunday masalalarning ilmiy yechimi, avvalambor, amaldagi norma-
tiv-huquqiy hujjatlarni ro‘yxatga olish va tizimilashtirish, qolaversa, O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarining majmuini yaratish uchun birinchi darajali ahamiyat
1
Kаrimоv I.А. Аsоsiy vаzifаmiz – Vаtаnimiz tаrаqqiyoti vа хаlqimiz fаrоvоnligini yanаdа yuksаltirishdir.
– T.: «O‘zbekiston», 2010. – 14-bet.
2
Qаrаng: Проблемы общей теории права и государства/Под. общ. ред. проф. В.С. Нерсесянца.
– М., 2008. – 347-bet; Теория права / Под. ред. проф. М.Н. Марченко. – М., 1998. – 197–198-betlar.